Call-center operator
В пределах рынка
- Русский
О работе
Nur Study jamoasiga Call-center operator kerak! Odamlar bilan gaplashishni yoqtirasizmi va daromadingiz o'z mehnatingizga bog'liq bo'lishini xohlaysizmi? Unda bu ish aynan siz uchun!
Nur Study — 5 yildan beri xorijda o'qish va viza xizmatlari bo'yicha ishlayotgan konsalting kompaniyasi. Har yili yuzlab yoshlarning chet elda o'qish orzusini ro'yobga chiqarishga yordam beramiz.
Vazifalar
- Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar bilan ishlash
- Mijozlarga xizmatlarimiz haqida ma'lumot berish
- Mijozlarni konsultatsiyaga yozish va sotuvlarni yopish
- CRM tizimida ma'lumotlarni yuritish
Talablar
- 18 yoshdan katta
- O'zbek tilida ravon va chiroyli gapira oladigan
- Rus tilini bilish afzallik
- Mas'uliyatli, natijaga intiluvchan
Imtiyozlar
- Barqaror oylik + cheklanmagan KPI va bonuslar
- Rasmiy ishga joylashtirish
- Bepul o'qitish va sotuv bo'yicha treninglar
- Karyera o'sishi: operatordan menejergacha
- Shinam ofis va do'stona jamoa
- Tajriba shart emas, hammasini o'rgatamiz
Maosh tafsiloti
- Daromad: 5 000 000 so'mdan + KPI + bonus
- O'rtacha daromad: 7–10 mln so'm
Ish vaqti
- Dushanba–juma: 09:00–18:00
- Shanba: 09:00–17:00
- Yakshanba: dam olish kuni
Eslatma
Rezyumi bilan murojaat qiling!
В пределах рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
