Bosh ijrochi direktor (CEO)
Vakansiya SamarqandО работе
TASKIN va SAM SIFAT jamoasi BOSH IJROCHI DIREKTOR (CEO) lavozimiga kuchli nomzodlarni taklif qiladi!
Bizga shunchaki rahbar emas, balki kompaniyani yangi bosqichga olib chiqa oladigan, strategik fikrlaydigan va natija uchun javob beradigan lider kerak.
Vazifalar
- Kompaniyaning strategik va operatsion faoliyatini boshqarish
- Barcha bo'limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
- Sotuv, logistika, xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish
- Jamoani shakllantirish, motivatsiya qilish va samaradorligini oshirish
- Korxonaning moliyaviy ko'rsatkichlari va KPI natijalari uchun javob berish
- Yangi loyihalarni ishlab chiqish va biznesni kengaytirish
- Xizmat sifati va mijozlar mamnunligini oshirish
- Rahbarlar va xodimlar o'rtasida samarali boshqaruv tizimini yaratish
Talablar
- Kamida 5 yillik rahbarlik tajribasi
- Kamida 100 nafardan ortiq jamoani boshqarish tajribasi
- Strategik va analitik fikrlash qobiliyati
- Moliyaviy boshqaruv va KPI tizimlari bilan ishlash tajribasi
- Kuchli liderlik va muzokara olib borish ko'nikmalari
- Operatsion boshqaruv va biznes jarayonlarini chuqur tushunish
- O'zbek, rus va tojik tillarini bilish ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Yuqori darajadagi boshqaruv vakolatlari
- Kuchli va professional jamoa
- Karyera va shaxsiy rivojlanish imkoniyati
- Barqaror va tez rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
- Natijaga qarab yuqori bonus tizimi
Maosh tafsiloti
- 15 000 000 so'mdan 40 000 000 so'mgacha + yuqori natijalar uchun bonuslar
Agar Siz o'zingizni kuchli lider deb hisoblasangiz va katta jamoani boshqarishga tayyor bo'lsangiz, biz Sizni jamoamizda kutamiz!
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
