Bosh hisobchi
Networkstan
Город Ташкент
Зарплата: Договорная
Обычная зарплата для этой роли
2,8млнминимум
6,6млнсреднее
24+млнмаксимум
Формат:Полная занятость
Режим работы:В офисе
График:6/1 (6 дней работа, 1 день выходной)
Рабочее время:09:00-19:00
Пол:Не важно
Обязательные языки:Узбекский, Русский
О работе
Networkstan kompaniyasi jamoasiga tajribali va mas’uliyatli Bosh hisobchini taklif etadi.
Vazifalar
- Korxonaning buxgalteriya va soliq hisobini to‘liq yuritish
- Soliq, statistika va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash hamda o‘z vaqtida topshirish
- Birlamchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish
- Asosiy vositalar hisobini yuritish
- Debitorlik va kreditorlik qarzdorligini nazorat qilish
- Soliq organlari, banklar, auditorlar va boshqa davlat tashkilotlari bilan ishlash
- Ish haqi, ta’til puli, kasallik varaqasi va boshqa to‘lovlar hisobini nazorat qilish
- Rahbariyat uchun boshqaruv hisobotlarini tayyorlash
- Buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirishda ishtirok etish
Talablar
- Bosh hisobchi lavozimida 1–3 yil ish tajribasi
- O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya, soliq va mehnat qonunchiligini yaxshi bilish
- 1C, Didox, Excel va boshqa buxgalteriya dasturlarini yaxshi bilish
- Barcha turdagi hisobotlarni tayyorlash va topshirish tajribasi
- Diqqatlilik, mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash va yuqori darajadagi o‘zini tashkil qila olish qobiliyati
- O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish, ozarbayjon tilini bilish afzallik hisoblanadi
Imtiyozlar
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
- Rivojlanayotgan kompaniyada barqaror ish
- Kasbiy rivojlanish va tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyati
- Qulay ish sharoiti va ahil jamoa
Ish vaqti
- 09:00- 19:00 6/1
ID 45801
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

