Bog`bon
О работе
2026-yilning 15-iyuldan 16-iyulga qadar,“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida barpo etilgan bog‘ga bogbon kasbi boyicha rezyumelar qabul qilinadi.
Vazifalar
- Oʻsimliklarni parvarish qilish: Sugʻorish: Gullar, butalar, daraxtlar va gazonni belgilangan meʼyor va vaqtda muntazam sugʻorish
- Oziqlantirish: Tuproqqa mahalliy va kimyoviy oʻgʻitlarni oʻz vaqtida solish
- Choptirish va yumshatish: Daraxt atroflarini choptirish, tuproqni yumshatish va begona oʻtlardan tozalash
- Kasalliklarga qarshi ishlov berish: Zararkunanda va kasalliklarni oldini olish uchun kimyoviy yoki organik dorilar purkash
- Shakil berish va kesish: Daraxtlarning qurigan, kasallangan va ortiqcha shoxlarini bahor hamda kuz fasllarida kesish
- Shakl berish: Manzarali buta va daraxtlarni (masalan, archalarni) landshaft dizayniga mos ravishda tekislash va shakl berish
- Gullarni parvarishlash: Soʻligan gullarni yulib tashlash va yangi gul koʻchatlarini ekish
- Hudud tozaligi va tartibi: Xazonlarni yigʻish, yoʻlaklarni tozalash
- Texnika va tizimlarni nazorat qilish: Tomchilatib yoki yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarining sozligini nazorat qilish va kichik nosozliklarni tuzatish
- Uskunalarni asrash: Ish qurollarini (arra, qaychi, trimmer) ishdan keyin tozalash, moylash va soz holatda saqlash
Talablar
- Ma'lumoti: o'rta, yoki o‘rta maxsus. Qishloq xo
jaligi yonalishi boyicha talim olganligi ustunlik qiladi - Ish tajribasi: bog
bonlik boyicha kamida 1 yil - Agrotexnik koʻnikmalarga ega bo`lish
- Texnik va uskunalar bilan ishlash koʻnikmalarga ega bo`lish
- Landshaft va estetik koʻnikmalarga ega bo`lish
- Kimyoviy va organik oʻgʻitlash koʻnikmalari
- Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
Imtiyozlar
- Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi koʻrib chiqiladi
- “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi
Eslatma
Rezyumelarga biriktirish lozim: pasport, diplom, mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.
Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
