Backend Developer (PHP/Laravel) — Middle / Middle Strong
Ниже рынка
UFarmer
от $1 000
Откликнулись всего 5 человек, будьте среди первых!
- Узбекский
- Английский
О работе
Celion.io outsourcing kompaniyasi jamoasiga PHP/Laravel Backend Developer izlamoqda. Agar siz backend development sohasida tajribaga ega bo‘lsangiz, murakkab loyihalarda ishlash va professional rivojlanishni xohlasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- PHP/Laravel asosida backend servislarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash
- Mikroservis arxitekturasini loyihalash va joriy etish
- RabbitMQ va message queue'lar bilan ishlash
- RESTful API'larni yaratish va qo‘llab-quvvatlash
- PHPUnit yoki Pest yordamida testlar yozish va qo‘llab-quvvatlash
- Ilovalar unumdorligini optimallashtirish va tizimlarni masshtablash
- Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va SQL so‘rovlarini optimallashtirish
- AI vositalaridan foydalanish va yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish
Talablar
- PHP/Laravel bilan kamida 2 yil professional tajriba
- Laravel 8+ bilan yaxshi amaliy tajriba
- MVC, Service Providers va Middleware bilan ishlashni tushunish
- PostgreSQL yoki MySQL bilan ishlash tajribasi
- SQL so‘rovlarini optimallashtirish, indekslar va tranzaksiyalar bo‘yicha bilim
- Redis bilan ishlash tajribasi
- RabbitMQ bilan ishlash tajribasi
- RESTful API yaratish va integratsiya qilish tajribasi
- Docker / Docker Compose
- O‘zbek tili — erkin, Ingliz tili — B1 va undan yuqori darajada bilish
- AI vositalaridan ish jarayonida samarali foydalanish
Qo‘shimcha ustunlik beradi
- Symfony yoki Yii bilan tajriba
- GraphQL
- OAuth / JWT
- Memcached
- JavaScript, Vue.js, TypeScript
- DAX, M, Power BI Dashboards, Data Gateway va Cloud Reports bilan ishlash tajribasi
Takliflar
- Maosh: $1000 dan boshlab
- Yakuniy maosh suhbat natijalariga ko‘ra kelishiladi
- Real xalqaro loyihalar va zamonaviy backend texnologiyalari bilan ishlash
- AI vositalaridan foydalanish va AI yo‘nalishidagi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash
- Professional o‘sish — Middle Strong darajasiga chiqish va undan keyingi rivojlanish imkoniyati
- Murakkab texnik vazifalar — microservices, RabbitMQ, Redis, REST API va boshqa zamonaviy texnologiyalar
- Kuchli texnik muhit va tajribali developerlar bilan ishlash
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish
Ish vaqti
- 5/2, full time, offline, 09:00–18:00
Eslatma
Suhbat davomida nomzodga bir nechta mantiqiy case'lar va oddiy matematik masalalar beriladi. Rezyumeni yuborish.
Ниже рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

