B2B Sotuv menejeri
- Узбекский
- Русский
О работе
WaterTech — santexnika va muhandislik tizimlari ishlab chiqarish hamda distribyutsiyasiga ixtisoslashgan kompaniya. Biz B2B segmentida faol savdoni yo‘lga qo‘ya oladigan, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- B2B mijozlar bazasini (ulgurji xaridorlar, distribyutorlar, ixtisoslashtirilgan do‘konlar, qurilish ob’ektlari) shakllantirish va rivojlantirish
- Tijoriy takliflarni tayyorlash, muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzish
- Belgilangan savdo rejalarini bajarish va debitorlik qarzlarini nazorat qilish
- Mijozlar bilan ishlash jarayonini CRM tizimida (Bitrix24 / amoCRM) to‘liq yuritish
- Google Sheets / Excel dasturlarida hisobotlar va sotuv tahlillarini tayyorlash
Talablar
- B2B savdo sohasida kamida 1–2 yillik muvaffaqiyatli tajriba (shart)
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot va yozishma yurita olish (shart)
- MS Excel va Google Sheets dasturlarida erkin ishlash, CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi
- Santexnika, quvur tizimlari yoki qurilish mollari savdosida tajriba (katta ustunlik beradi)
- Muzokaralar olib borish, e’tirozlar bilan ishlash va bitimlarni muvaffaqiyatli yopish qobiliyati
Imtiyozlar
- Raqobatbardosh daromad: Barqaror oklad + savdo aylanmasidan yuqori KPI / bonuslar
- Rasmiy bandlik
- Karyerada o‘sish va daromadni oshirish uchun keng imkoniyatlar
- Qulay ofis va barcha zaruriy texnik ta’minot
Ish vaqti
- 6/1 (09:00 – 18:00)
Eslatma
Qiziqqanlar qisqa anketani to‘ldirishi lozim. (Arizalar ko‘rib chiqilib, mos kelgan nomzodlar bilan tez orada bog‘laniladi).
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
