Ayol sotuvchi-konsultant
- Узбекский
- Русский
О работе
Ayol sotuvchi-konsultant
Maosh: 4 000 000 so‘mdan 10 000 000 so‘mgacha (Ish natijasi va savdo ko‘rsatkichlariga qarab)
Tajriba: Savdo sohasidagi tajriba muhim. Lekin ishga qiziqadigan, tirishqoq, tez o‘rganadigan va rivojlanishga intiladigan nomzodlar tajribasiz bo‘lsa ham suhbat asosida ko‘rib chiqiladi.
📍 Toshkent shahri, Novias Plaza, 3-qavat Mo‘ljal: Novza metro bekati
Ish vaqti: 10:00 dan 19:00 gacha Ish tartibi suhbat davomida kelishiladi.
Firma: EVIA — ayollar ichki kiyimlari, uy va sport kiyimlari do‘koni
Talablar
- Xushmuomala, odobli va mas’uliyatli bo‘lish;
- O‘zbek va rus tillarida ravon gaplasha olish;
- Mijozlar bilan to‘g‘ri muomala qilish;
- Savdo qilishni bilish va natijaga intilish;
- Kompyuterdan foydalana olish;
- Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lish;
- Instagram uchun stories olish va joylashtira olish;
- Faol, chaqqon va rivojlanishga intiluvchan bo‘lish.
Vazifalar
- Mijozlarga mahsulot tanlashda yordam berish;
- Mahsulotlar va o‘lchamlar bo‘yicha maslahat berish;
- Savdo va kassani yuritish;
- Do‘konda tartib va ozodalikka rioya qilish;
- Mahsulotlarni chiroyli joylashtirish;
- Instagram stories orqali yangi mahsulotlarni ko‘rsatib borish.
Imtiyozlar
- Qulay va chiroyli ish muhiti;
- Barqaror maosh va savdo natijasiga qarab yuqori daromad;
- O‘sish va rivojlanish imkoniyati;
- Ish jarayonida o‘rgatish.
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 so‘mdan 10 000 000 so‘mgacha (Ish natijasi va savdo ko‘rsatkichlariga qarab)
Ish vaqti
- 10:00 dan 19:00 gacha
- Ish tartibi suhbat davomida kelishiladi.
Выше рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
