Administrator
Обычная зарплата для этой роли
LIDER O‘QUV MARKAZI
Зарплата: Договорная
О работе
LIDER O‘QUV MARKAZI JAMOASIGA QO‘SHILING! ISHGA TAKLIF QILAMIZ — ADMINISTRATOR!
Siz odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi? Faol, mas’uliyatli va o‘z ustida ishlashga tayyormisiz? Unda bizning jamoamiz aynan sizni kutmoqda! LIDER O‘QUV MARKAZI o‘z jamoasiga yangi administrator qidirmoqda.
Talablar
- Muomala madaniyati yuqori
- Xushmuomala va kirishimli
- Mas’uliyatli, tartibli va intizomli
- Telefon va Telegram orqali mijozlar bilan ishlay oladigan
- Ota-onalar bilan samarali muloqot qila oladigan
- Savdo va mijozlarni jalb qilishga qiziqadigan
- Kompyuter savodxonligiga ega
- Yangi bilimlarni o‘rganishga tayyor
Vazifalar
- Ota-onalar va o‘quvchilarni kutib olish
- Telefon qo‘ng‘iroqlari va murojaatlarga javob berish
- Yangi o‘quvchilarni jalb qilish va kurslarga yozish
- Diagnostik testdan o‘tgan ota-onalar bilan ishlash
- O‘quvchilar davomati va to‘lovlarini nazorat qilish
- Markaz faoliyatini tartibli tashkil etishda ishtirok etish
Imtiyozlar
- Ahil va rivojlanishga intiluvchi jamoa
- Tajriba va bilim orttirish imkoniyati
- Natijaga qarab rag‘batlantirish
- Maosh va ish sharoitlari suhbat davomida kelishiladi
Eslatma
Agar o‘zingizga ishonsangiz va jamoamiz bilan birga rivojlanishni istasangiz, biz bilan bog‘laning!
Обычная зарплата для этой роли
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
