1C biladigan buxgalter
Ниже рынка
3 000 000 – 4 000 000 сум
О работе
Kompaniyamiz asosan ko‘chmas mulklarni ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ish jarayonida ijara shartnomalarini tuzish, hisob-fakturalarni rasmiylashtirish va boshqa buxgalteriya hujjatlari bilan ishlanadi. Bizga hamkorlik asosida ishlaydigan tajribali buxgalter kerak.
Talablar
- Soliq va buxgalteriya hisobotlarini yaxshi tushunishi
- 1C dasturida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
- e-ijara.soliq.uz va Didox platformalarida erkin ishlay olishi
- Shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda yuborishni bilishi
- Mijozlar va firmalarning to‘lovlarini nazorat qilib borishi
- To‘lov muddati yaqinlashganda yoki qarzdorlik yuzaga kelganda firmalarni o‘z vaqtida ogohlantirib turishi
- Hisob-kitoblarni tartibli yuritishi
- Mas’uliyatli, faol, halol va punktual bo‘lishi
Imtiyozlar
- Hamkorlik asosida ishlanadi
- Ofis bilan ta’minlanadi
- Mijozlar va yangi firmalar topishda yordam beriladi
Maosh tafsiloti
- 3-4 mln soʻm
Ish vaqti
- 09:00-16:00
Eslatma
Agar yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, iltimos, Telegram orqali rezyumengizni yuboring. Faqat 1C, e-ijara.soliq.uz, Didox va buxgalteriya hisobotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlar murojaat qilishlari so‘raladi. Faol, mas’uliyatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor xodim kerak.
Ниже рынка
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

