Yurist
Yurist
WorkUz
Salary: Negotiable
Job Details
YURIST / LEGAL SPECIALIST ISHGA TAKLIF QILINADI
Joylashuv: Toshkent shahri
Kompaniyamiz jamoasiga O‘zbekiston qonunchiligi, korporativ huquq va legal compliance yo‘nalishlarini yaxshi biladigan, tajribali hamda mas’uliyatli Yurist / Legal Specialist lavozimiga nomzodlarni taklif etamiz.
Lavozim vazifalari:
-
Shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash, tahlil qilish hamda tekshirish;
-
Kompaniya faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qilish;
-
Legal compliance jarayonlarini yuritish va korporativ hujjatlar bilan ishlash;
-
Mehnat qonunchiligi hamda biznes faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berish;
-
Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsatnomalar olish va boshqa huquqiy jarayonlarda ishtirok etish;
-
Davlat organlari bilan huquqiy masalalar yuzasidan hamkorlik qilish;
-
Huquqiy xavflarni aniqlash, ularning oldini olish va kompaniya manfaatlarini himoya qilish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Yuridik sohada amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish;
-
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini yaxshi bilish;
-
Legal compliance va korporativ huquq yo‘nalishlarida tajribaga ega bo‘lish;
-
O‘zbek tilini mukammal darajada bilish (majburiy);
-
Rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;
-
Mas’uliyatli, tashabbuskor va professional yondashuvga ega bo‘lish;
-
Analitik fikrlash va huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Ish sharoitlari:
-
Full-time yoki Part-time ish;
-
Moslashuvchan ish jadvali;
-
Maosh — suhbat asosida kelishiladi;
-
Ofis Toshkent shahrida joylashgan;
-
Qulay va professional ish muhiti;
-
Kasbiy rivojlanish va tajriba oshirish imkoniyati.
Tajribali, ishonchli va o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan nomzodlarni hamkorlikka taklif qilamiz.
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
