Yordamchi buxgalter
Above market
- Uzbek
- Russian
Job Details
TOSHKENT. Zamonaviy va dinamik rivojlanib borayotgan tibbiyot klinikamiz jamoasiga buxgalteriya hisobini yuritish, nazorat qilish va soliq hisobotlarini tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etadigan, yuqori mas’uliyatli Yordamchi buxgalter talab etiladi. Идоравий юклама ва иш ҳажмига мувофиқ, номзодлар орасида эркак мутахассисларга устунлик берилади.
Talablar
- Ish tajribasi: Buxgalteriya sohasida (afzalroq ishlab chiqarish yoki tibbiyot yo‘nalishida) kamida 2–3 yillik tasdiqlangan ish staji
- Dasturiy bilimlar: 1C (8.3 va 3.0 versiyalari) tizimida mukammal va mustaqil ishlay olish
- Texnik ko‘nikmalar: Bank-Client tizimlari bilan amaliyot, Didox elektron hujjat aylanish platformasi va my.soliq.uz portali bilan yuqori darajada ishlash tajribasi
- Ofis dasturlari: MS Word va ayniqsa MS Excel (murakkab formulalar, filtrlar va tahliliy jadvallar) dasturlarini mukammal bilish
- Til bilish darajasi: O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish, professional yozishmalarni yurita olish
Vazifalar
- Birlamchi buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va xatosiz yuritish hamda 1C dasturiga kiritish
- Soliq va moliyaviy hisobotlarni qonunchilik talablariga muvofiq muddatida tayyorlash va topshirish
- Bank amaliyotlarini uzluksiz nazorat qilish va to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish
- Tahliliy fikrlash, kutilmagan vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish
Talablar
- Stressga chidamlilik va yuqori ish hajmida ham diqqatni jamlay olish
- Intizomlilik, ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish va shaxsiy mas’uliyat
Imtiyozlar
- Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod metrosi yaqinida (qulay transport bog‘lamasi)
- Ahil jamoa, barqaror ish o‘rni va professional o‘sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 7 000 000 – 9 000 000 so‘m (suhbat natijalariga ko‘ra)
Eslatma
Talablarga mos keladigan nomzodlar o‘z rezyumelarini (CV) yuborishlari so‘raladi.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

