Yetakchi operator
SQB
Salary: Negotiable
Typical pay for this role
2Mminimum
4.3Maverage
13+Mmaximum
Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any
Required languages:Uzbek, Russian
Job Details
SQB Mikro va kichik biznes departamenti Mijoz xizmatini rivojlantirish xizmati Amaldagi mijozlar bilan ishlash guruhi Yetakchi operator lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, sotuvlarni rivojlantirish va amaldagi mijozlar bilan samarali ishlash sohasida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Mikro va kichik biznes yo‘nalishidagi portfel mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish
- Mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) bilan bog‘liq operatsiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashish
- Portfel mijozlarining faollik darajasini oshirish va ular bilan muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘yish
- Mijozlarga qo‘shimcha bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilish (upsell)
- Mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos bank yechimlarini tavsiya etish
- Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish
- Faoliyat natijalari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va monitoring yuritish
Talablar
- Oliy ma’lumot
- Bank tizimida yoki mijozlar bilan ishlash yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi
- Sotuv va muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini bilish
- Raqamli texnologiyalar va zamonaviy bank xizmatlari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish
- Analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilgan yondashuv
- O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish
ID 39637
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
