Tibbiyot vakili
CEREBRUM PHARM
Salary: Negotiable
Job Details
CEREBRUM PHARM jamoasiga tibbiyot vakillarini taklif etadi.
CEREBRUM PHARM — farmatsevtika sohasida yuqori standartlar asosida faoliyat yurituvchi va professional jamoani qadrlaydigan kompaniya. Biz o'z safimizga mas'uliyatli, maqsad sari intiluvchi hamda rivojlanishga tayyor mutaxassislarni taklif qilamiz.
Vazifalar
- Kompaniya mahsulotlarini shifokorlar va dorixonalarga professional tarzda taqdim etish.
- Hamkorlar bilan uzoq muddatli va ishonchli munosabatlarni shakllantirish.
- Belgilangan hudud bo'yicha ish vaqtida doimiy tashriflarni amalga oshirish va hisobotlarni yuritish.
Talablar
- Yoshi 23 yoshdan 38 yoshgacha (shu sohada alohida tajribaga ega mutaxassislarga yosh cheklovi yoʻq)
- Kelishilgan ish grafigiga amal qilish
- Tibbiyot yoki farmatsevtika yo'nalishi bo'yicha oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot.
- Kuchli muloqot, kirishuvchanlik va taqdimot ko'nikmalari.
- Mas'uliyat, intizom va yuqori natijalarga intilish.
Imtiyozlar
- Professional faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish
- Zamonaviy ish muhiti
- Raqobatbardosh daromad
- Martaba o'sishi uchun keng imkoniyatlar
Eslatma
Qaysidir sabablarga koʻra telefon koʻtara olmay qolsam yana keyinroq qayta telefon qiling yoki telegramdan oʻzingiz haqingizda toʻliq maʼlumot yuboring telefon raqamlaringiz bilan
CEREBRUM PHARM — professionallik, ishonch va barqaror rivojlanishni qadrlaydiganlar tanlovi.
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
