Tajribali sotuv menejerlari
- Uzbek
- Russian
Job Details
Taallam — konsalting agentligi tajribali sotuv menejerlarini qidiradi.
Talablar
- O‘zbek tilida chiroyli va ravon gapirish
- Xushmuomala va energiyaga to'la bo'lish
- Yangi bilimlarni tez o‘rganishga tayyor bo‘lish
- Doimiy rivojlanish va o‘sishga intilish
- 18-25 yosh oralig'i
- Halol va yolg’on gapirmaydigan bo’lishi kerak
- Rus tilini bilsa afzal ko’riladi
- Oldin konsalting agentliklarida ishlagan bo’lsa ham afzal ko’riladi
- Soft-skillar: ma’suliyat, sabr, tartib-intizom, tahliliy fikrlash, halollik, chiqishimlilik, stressga chidamlilik
Vazifalar
- Mijozlar bilan bog‘lanib, ma'lumot berib, sotuv ofisiga yo'naltirish va shartnomalar qilish
- Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish
- Telegram va Telefon orqali mijozlarning hamma savollariga javob berish
Imtiyozlar
- O'z vaqtida oylik
- Doimiy mijozlar oqimi
- Bepul kurslar, treninglar va kitoblar
- Shinam ofis, do'stona muhit!
- qat'iy 7 kunlik bepul o'qitish
Maosh tafsiloti
- 2 000 000 - 15 000 000 so'm (Fiksa+Bonus sifatida beriladi)
Ish vaqti
- 9:00 - 18:00 (ofisda)
Eslatma
Bizga oddiy sotuvchilar kerak emas, sotuvchi-konsultantlar kerak: Mijoz ko‘pincha nima xohlayotganini ham aniq bilmaydi. Sotuvchi: maqsadni aniqlaydi (bakalavrmi, magistrmi, tilmi, davlatmi), real holatni chiqaradi (GPA, til sertifikati, byudjet, vaqt), xatarlarni tushuntiradi (deadline, hujjat xatosi, moslik). Sotuvchi “sotish”dan ko‘ra “to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi”: mos paketni tanlatadi, noto‘g‘ri yo‘nalishdan qaytaradi.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
