Tajribali buxgalter (1C)
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:09:00-17:00
Gender:Women
Age:25 – 35
Job Details
"Hoffen" — avtokosmetika ishlab chiqaruvchi va distribyutor kompaniyasi buxgalter lavozimiga tajribali mutaxassisni ishga taklif qiladi.
Vazifalar
- Kompaniyaning toʻliq buxgalteriya hisobini yuritish
- Soliq va statistika hisobotlarini oʻz vaqtida tayyorlash hamda topshirish
- Ishlab chiqarish, ombor va tovar-moddiy qiymatliklar hisob-kitobini yuritish
- Eksport-import operatsiyalari va valyuta hisob-kitoblarini nazorat qilish
- Moliyaviy va birlamchi hujjatlarni qatʼiy tartibga solish
Talablar
- Ayol kishi, 25-35 yosh
- Buxgalteriya sohasida kamida 3 yillik amaliy tajriba (tajribasiz nomzodlar ko'rib chiqilmaydi)
- 1C 8.3 (Buxgalteriya) dasturini mukammal darajada bilish
- Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini yaxshi bilish va mustaqil ravishda hisobot topshirish tajribasi
- Ishlab chiqarish korxonasida ombor va tovar-moddiy qiymatliklar (TMQ) hisobini yuritish koʻnikmasi
- Eksport-import va valyuta operatsiyalari boʻyicha amaliy tajriba
- Mustaqil ishlay olish, mas'uliyatlilik, diqqatlilik va tartiblilik
Imtiyozlar
- Ish joyi: Keles hududi
Maosh tafsiloti
- Suhbat asosida, nomzodning tajribasi va malakasiga qarab jozibador miqdorda belgilanadi
Ish vaqti
- Toʻliq bandlik, haftada 6 kun (6/1), soat 9:00 dan 17:00 gacha
Eslatma
Rezyumengizni yoki o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni tegishli messenjerlar orqali ham yuborishingiz mumkin.
Typical pay for this role
3Mminimum
8Maverage
24+Mmaximum
ID 52628
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

