Support Manager

Support Manager

NOVA Business Automation

from 3 000 000 UZS

Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any

Job Details

NOVA Business Automation jamoamizga mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko'radigan, mas'uliyatli va muammolarni tez hamda sifatli hal qila oladigan Support Manager izlamoqdamiz. Agar siz mijozlarga yordam berishni, ularning muammolarini yechishni va yuqori servis darajasini ta'minlashni yoqtirsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!

Vazifalar

  • Mijozlardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va qayta ishlash
  • Mijoz muammolarini tez va sifatli hal qilish
  • BITO mahsulotlari bo'yicha mijozlarga tushuntirish va konsultatsiya berish
  • Texnik yoki funksional muammolarni aniqlash va tegishli bo'limlarga yo'naltirish
  • Mijozlarga tizimdan foydalanishda yordam berish
  • Mijoz murojaatlari va yechimlarini CRM tizimida qayd etish
  • Takroriy muammolarni aniqlash va ularni kamaytirish bo'yicha takliflar berish
  • Mijozlar bilan professional va xushmuomala aloqa o'rnatish
  • Support xizmatining belgilangan standartlari va KPI ko'rsatkichlariga rioya qilish
  • Mijozlar qoniqish darajasini yuqori darajada ushlab turish

Talablar

  • Support / Customer Service sohasida tajriba
  • Kuchli kommunikatsiya ko'nikmalari
  • Mijoz muammolarini tushunish va yechim topish qobiliyati
  • Sabr-toqat va stressga chidamlilik
  • Tezkorlik va mas'uliyat
  • Muammolarga tizimli yondashish
  • CRM va boshqa ish tizimlari bilan ishlash ko'nikmasi
  • Natijaga va mijoz qoniqishiga yo'naltirilganlik

Maosh tafsiloti

  • FIXED: 3 000 000 so'm
  • KPI: 1 500 000 so'm
  • KPI mijozlardan kelib tushgan muammolarni hal qilish darajasi asosida hisoblanadi

Eslatma

Agar siz mijozlar bilan ishlashni yoqtirsangiz, muammolarga yechim topishni bilsangiz va natija uchun javobgarlik olishga tayyor bo'lsangiz — Bizning jamoamizga qo'shiling! Rezyumengizni yuboring.

Below market

This job · ≈3 M
2.3Mminimum
4.7Maverage
9.8+Mmaximum
ID 105761

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Samarkand