Sotuvchi-konsultant
Tashkent City, Uchtepa DistrictAbu Sahiy bozori
8 000 000 – 12 000 000 UZS
Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:06:00-18:00
Gender:Any
Job Details
Sotuvchilik lavozimiga ishga taklif qilamiz!
Abu Sahiy bozoridagi tikuvchilik furniturasi ulgurji do'koni (ip, tugma, zamok, dublerin, flizelin, tasma, rezinka, qaychi) sotuvchi-konsultant qidiryapti.
Mijozlarimiz — atelyelar, tikuv sexlari va chakana sotuvchilar. Ular donalab emas, pachka va karobka bilan oladi.
Maosh tafsiloti
- Aynan tikuvchilik furniturasida 2 yil tajribangiz bormi? Birinchi oy — 8 000 000 so'm. Kunlik stavkali «sinov muddati» yo'q
- Savdoda tajribangiz bor, lekin boshqa sohada? Birinchi oy — ish kuniga 200 000 so'm, taxminan 5 000 000 so'm
- Ikkinchi oydan — savdodan foiz. Kutilmagan gap bo'lmasin deb faktni aytamiz: avgustda eng kuchli sotuvchimiz foizdan 9 million topdi, qolganlarida 5–6 million chiqdi. Yuqori chegara 12 million — bu bizda hech kim sotmaganchalik sotsangiz. Qancha sotsangiz, shuncha olasiz
Vazifalar
- Mijozga maslahat berish, kerakli tovarni tanlashga yordam berish
- Sotish, narx aytish, xaridni kassadan o'tkazish
- Javonlarni to'ldirish, vitrinada tartib saqlash
- Tovar kelganda qabul qilish va joylashtirishga yordam berish
Talablar
- Savdoda tajriba shart. Kamida 3 oy, 8 million stavka uchun esa — tikuvchilik furniturasida 2 yil.
- To'liq bandlik. O'qish bilan qo'shib bo'lmaydi: kun 6:00 da boshlanadi, sirtqi ta'lim ham to'g'ri kelmaydi
- Vaqtga rioya. Kech qolish va ish kunini qoldirish qattiq nazorat qilinadi — bu asosiy talab
- Toshkentda, Abu Sahiy bozoriga yaqin yashash. Yangiyo'l yoki Zangiota ham bo'ladi: uzoq tumanlardan ertalab 6 ga yetib kelib bo'lmaydi
Ish vaqti
- Haftada 6 kun · 06:00–18:00 · dam olish dushanba
Above market
This job · up to 12 M
2Mminimum
5Maverage
10+Mmaximum
ID 87309
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
