Sotuv menejeri (CRM)

Sotuv menejeri (CRM)

CITRUS TRAVEL

4 000 000 – 15 000 000 UZS

Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any

Job Details

CITRUS TRAVEL KOMPANIYASIGA SOTUV MENEJERI KERAK!

Sotuv sohasida tajribangiz bormi? Sayohat qilishni yaxshi ko'rasizmi? Karyera qilish va yuqori daromad topishni istaysizmi? Unda sizni Citrus Travel jamoasiga taklif qilamiz!

Talablar

  • Sotuv sohasida kamida 4–6 oylik ish tajribasi.
  • CRM tizimlarida ishlay olishi (AmoCRM yoki Bitrix24 ustunlik beradi).
  • Kompyuter va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni bilishi.
  • Mijozlar bilan muzokara olib borish ko'nikmasiga ega bo'lishi.
  • Sotuv aylanasining asosiy bosqichlarini tushunishi.
  • O'z ustida ishlaydigan va rivojlanishga intiladigan bo'lishi.
  • Mas'uliyatli, intizomli va natijaga yo'naltirilgan bo'lishi.
  • Tashqi ko'rinish va muomala madaniyatiga e'tiborli bo'lishi.

Vazifalar

  • Potensial mijozlar bilan aloqa qilish.
  • Tur paketlar va xizmatlar bo'yicha konsultatsiya berish.
  • CRM tizimida mijozlar bazasini yuritish.
  • Sotuv rejasini bajarish va oshirish.
  • Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish.
  • Kompaniya xizmatlarini professional tarzda taqdim etish.

Imtiyozlar

  • B2C sotuv bo'yicha bepul amaliy treninglar
  • O'zbekistonning kuchli trener va kouchlaridan eksklyuziv treninglar
  • Kompaniya hisobidan chet elga sayohat qilish imkoniyati
  • Lavozim bo'yicha o'sish va rahbarlik pozitsiyalariga ko'tarilish imkoniyati
  • Yuqori daromad va cheklanmagan bonus tizimi
  • Kuchli jamoa va rivojlanish muhiti
  • Karyeraviy o'sish va shaxsiy rivojlanish
  • Zamonaviy CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi

Maosh tafsiloti

  • 4 000 000 so'mdan – 15 000 000 so'mgacha

Citrus Travel bilan birga rivojlaning, sayohat qiling va katta natijalarga erishing!

Above market

This job · up to 15 M
2Mminimum
7Maverage
15+Mmaximum
ID 73916

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent