Sotuv Menejeri (B2C) | Offline Sales Specialist
Above market
4 000 000 – 8 000 000 UZS
Only 8 people applied — be next!
- Uzbek
Job Details
Kompaniya haqida:
«Mudarris Akademiyasi» 5 yildan buyon ta’lim bozorida faoliyat yuritib, 5 ta filial va minglab bitiruvchilarga ega. Akademiya arab tili va zamonaviy ta’limni uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib boradi.
Sergeli, Algoritm, Qo‘yliq va Beruniy filiallariga B2C yo‘nalishida Sotuv Menejeri qidirilmoqda.
Asosiy vazifalar:
• Akademiyaga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish va ularning ehtiyojlarini aniqlash;
• Arab tili kurslari bo‘yicha professional konsultatsiya berish;
• Qiziqqan mijozlarni demo-darslarga ro‘yxatdan o‘tkazish va darsga kelishini ta’minlash;
• Demo-darsdan so‘ng mijozning taassurotlarini o‘rganish va to‘lov bosqichiga olib chiqish;
• Mijozlarni kassaga yo‘naltirish;
• Har bir murojaatni CRM tizimida tartibli yuritish va qayta aloqalarni o‘z vaqtida amalga oshirish.
Talablar:
• O‘zbek tilida ravon, savodli va muloyim so‘zlasha olish;
• Sotuv yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 6 oylik tajriba;
• CRM tizimlarida kamida 6 oy ishlagan bo‘lish;
• MS Excel dasturida erkin ishlay olish;
• Belgilangan grafik asosida to‘liq stavkada ishlashga tayyorlik;
• Yuqori muomala madaniyati va tartibli tashqi ko‘rinish.
Afzallik beriladi:
• O‘quv markazlari yoki til maktablarida sotuv tajribasi;
• Yuzma-yuz sotuv ko‘nikmasi;
• Arab tilini boshlang‘ich darajada bilish yoki unga qiziqish;
• Sotuv bo‘yicha trening yoki kurslarda qatnashganlik;
• Akademiya filiallaridan biriga yaqin hududda yashash.
Biz taklif qilamiz:
• Qadriyatlarga ega, intizomli va o‘zaro hurmatga asoslangan jamoa;
• Qulay va zamonaviy ish sharoiti;
• Arab tili kurslari uchun 30–50% chegirma;
• Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

