Sotuv menejeri (B2C, offline)

Sotuv menejeri (B2C, offline)

Mudarris Akademiyasi

4 000 000 – 8 000 000 UZS

Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:6/1 (6 days work, 1 day off)
Working hours:09:00-18:00
Gender:Any
Age:23 – 30

Job Details

«Mudarris Akademiyasi» jamoasiga Sotuv Menejeri (B2C) (Offline Sales Specialist) qidirilmoqda. 5 yildan buyon ta’lim bozorida o‘z o‘rniga ega, 5 ta filiali hamda minglab mamnun bitiruvchilariga ega bo‘lgan «Mudarris Akademiyasi» jamoasi kengaymoqda! Biz arab tili va zamonaviy ta’limni uyg‘unlashtirgan holda har bir o‘quvchining hayotida ijobiy o‘zgarish yasashga intilamiz. Akademiyamizga har kuni tashrif buyurayotgan yuzlab qiziquvchilarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga samimiy konsultatsiya berish uchun Sotuv Mutaxasisi (Clauser)ni qidirmoqdamiz.

Vazifalar

  • Akademiyamizga tashrif buyurgan mehmonlarni ochiq yuz bilan kutib olish va ehtiyojlarini aniqlash
  • Arab tili kurslari bo‘yicha to‘g‘ri va professional konsultatsiya berish
  • Qiziqqan mijozlarni demo-darslarga ro‘yxatga olish va ularning darsga kelishini ta’minlash
  • Demo-darsdan so‘ng mijozning taassurotlarini o‘rganib, to‘lov bosqichiga olib chiqish va kassaga yo‘naltirish
  • Har bir murojaatni CRM tizimida tartibli yuritish, qayta aloqalarni o‘z vaqtida amalga oshirish

Talablar

  • 23 – 30 yosh oralig‘i
  • O‘zbek tilida ravon, savodli va muloyim so‘zlasha olish
  • Sotuv yoki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 6 oylik tajriba
  • CRM tizimlarida (kamida 6 oy) va MS Excel dasturida erkin ishlay olish
  • To‘liq stavka va belgilangan grafik asosida ishlashga tayyorlik
  • Yuqori muomala madaniyati va tartibli tashqi ko‘rinish

Imtiyozlar

  • Barqaror oylik maosh + sotuv konversiyasidan yuqori KPI bonuslari
  • Qadriyatlarga ega, intizomli va o‘zaro hurmatga asoslangan kuchli jamoa
  • Qulay, zamonaviy sharoitga ega ofis
  • 30-50 % chegirmalar arab tili kurslari uchun
  • Professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • Taflik qilinayotgan oylik maosh 4 000 000 - 8 000 000 KPI bonuslar

Ish vaqti

  • 09:00-18:00, 6/1

Eslatma

Afzallik beriladi:

  • O‘quv markazlari yoki til maktablarida sotuv tajribasi
  • Yuzma-yuz (offline) sotuv ko‘nikmasi
  • Arab tilini boshlang‘ich darajada bilish yoki qiziqish
  • Sotuv bo‘yicha trening/kurslarda qatnashganlik
  • Akademiya joylashgan hududga yaqin yashash

Above market

This job · up to 8 M
2Mminimum
6.5Maverage
15+Mmaximum
ID 104945

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent