Sotuv menejeri
Salary: Negotiable
- Uzbek· Native
Job Details
Vakansiya: Sotuv menejeri
Hunter Academy jamoasiga faol, muloqotga kirishuvchan va yuqori daromadga intiladigan Sotuv menejerilarni taklif qilamiz!
Agar siz odamlar bilan tez til topishsangiz, mijoz ehtiyojini tushunishni va ularga to‘g‘ri yechim taklif qilishni bilsangiz — sizni jamoamizda kutamiz.
Vazifalar:
- Kelib tushgan mijozlar bilan telefon va messenjerlar orqali muloqot qilish;
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va mos ta’lim dasturini tavsiya qilish;
- Kurslar haqida to‘liq va tushunarli ma’lumot berish;
- Potensial mijozlar bilan muntazam follow-up olib borish;
- Mijozlarni kursga ro‘yxatdan o‘tkazish va sotuvni yopish;
- CRM tizimida mijozlar bilan ishlash va ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish;
- Belgilangan sotuv rejasini bajarish;
- Sotuv natijalari bo‘yicha hisobot yuritish.
Talablar:
- Sotuv sohasida tajriba — afzallik, lekin majburiy emas;
- O‘zbek tilida ravon muloqot qila olish;
- Rus tilini bilish — katta ustunlik;
- Telefon orqali erkin va ishonchli gaplasha olish;
- Mijoz bilan ishlash madaniyatiga ega bo‘lish;
- Mas'uliyatli, faol va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- E'tirozlar bilan ishlash va muzokara olib borishga qiziqish;
- Yangi bilim va ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirish.
Sizga nimalarni taklif qilamiz:
- Yuqori daromad: maosh + KPI/bonus tizimi;
- Sotuv bo‘yicha professional rivojlanish va karyera o‘sishi;
- Ta'lim va rivojlanish uchun imkoniyatlar;
- Yosh va faol jamoa;
- Natijangizga qarab qo‘shimcha bonuslar;
- Sotuv bo‘yicha trening va mentorlik;
- Qulay va zamonaviy ish muhiti;
- Kuchli natija ko‘rsatgan xodimlar uchun karyera o‘sishi.
Biz kimni izlayapmiz?
Bizga shunchaki “telefon ko‘taradigan” xodim emas, sotishni o‘rganishga, o‘sishga va yaxshi daromad qilishga tayyor menejer kerak.
Agar siz:
“Men gaplasha olaman, o‘rganaman va natija qilaman” desangiz — biz aynan sizni izlayapmiz.
Ariza qoldiring va Hunter Academy jamoasining bir qismiga aylaning!
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

