Sotuv bo'limi boshlig'i (ROP)
Within market
Job Details
'Agros' kompaniyasi tajribali 'Sotuv bo'limi boshlig'i (ROP)' lavozimiga taklif etadi! 'Agros' – 31 yildan buyon qishloq xo'jaligi va issiqxona xo'jaliklari uchun B2B va B2C yo'nalishlarida yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya. Jamoamizni kuchaytirish va savdo ko'rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun lider mutaxassisni qidirmoqdamiz.
Vazifalar
- Savdo bo'limini boshqarish: Sotuv menejerlarini yollash, o'qitish, ularning ishini muvofiqlashtirish va motivatsiya tizimini yo'lga qo'yish.
- B2B va B2C savdo tizimini boshqarish: B2B: Yirik issiqxona xo'jaliklari, fermerlar va agro-kompaniyalar bilan korporativ savdolarni rivojlantirish. B2C: Tomorqa egalari, kichik issiqxona egalari va yakka tartibdagi chakana mijozlar bilan ishlash oqimini tizimlashtirish.
- KPI va rejalar ijrosi: Sotuv bo'limining oylik va choraklik rejalarini bajarilishini nazorat qilish hamda ta'minlash.
- Skript va reglamentlar: Sovuq qo'ng'iroqlar, muzokaralar va tijorat takliflarini tayyorlash bo'yicha samarali skriptlar va yo'riqnomalar yaratish.
- Hisobotlilik: Rahbariyatga sotuv tahlillari bo'yicha aniq va muntazam hisobotlar taqdim etish (CRM tizimida).
Talablar
- B2B va B2C savdo sohasida boshqaruv tajribasi (Agro-sfera yoki ulgurji/chakana savdo tajribasi katta ustunlik beradi).
- Sotuv bo'limini noldan yoki mavjud holatdan tizimlashtira olish ko'nikmasi.
- Muzokara olib borish va mijozlar bilan ishlash bo'yicha mukammal ko'nikmalar.
- CRM tizimlari va savdo analitikasini tushunish.
- Liderlik xususiyatlari, natijaga intilish va mas'uliyat.
Imtiyozlar
- Barqaror kompaniyada o'sish va rivojlanish imkoniyati.
Maosh tafsiloti
- 8 000 000 so'm (Fiks) + KPI (Natijaga qarab yuqori foizlar va bonuslar).
Ish vaqti
- Qat'iy, 09:00 dan 18:00 gacha.
Eslatma
Agar siz savdoni boshqarishda (B2B va B2C yo'nalishlarida) kuchli bo'lsangiz va agrobiznes bozorida o'z natijangizni ko'rsatmoqchi bo'lsangiz, bizning jamoamizga qo'shiling!
Within market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
