Sotuv agenti (savdo vakili)
Below market
Job Details
«Shodiyona» un markazi kuchli sotuv jamoasini shakllantirmoqda! Farg‘ona vodiysida un va oziq-ovqat distribyutsiyasi bo‘yicha yetakchi kompaniyamiz o‘z saflarini shijoatli va natijaga ishlaydigan mutaxassislar bilan kengaytirmoqda! Sotuv sohasida barqaror daromad topish va muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif etamiz: SOTUV AGENTI (SAVDO VAKILI).
Vazifalar
- Belgilangan hudud bo‘yicha savdo nuqtalariga (do‘konlar, novvoyxonalar, B2B mijozlar) kunlik tashrif buyurish
- Yangi mijozlarni jalb qilish va kompaniyaning savdo hajmini oshirish
- Mahsulotlar taqdimotini o‘tkazish, buyurtmalarni rasmiylashtirish
- Kunlik va haftalik sotuv hisobotlarini topshirish
Talablar
- Un, oziq ovqat mahsulotlari yoki B2B savdo sohasida kamida 6–12 oy tajriba
- Oziq-ovqat va un, novvoyxona xomashyosi assortimentini tushunish va tez o‘rganish qobiliyati
- Muloqotga kirishuvchanlik, muzokaralar olib borish va sotuv ko‘nikmalari
- Nomzodlar: 20 yoshdan 40 yoshgacha
Maosh tafsiloti
- O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh: 5 000 000 so‘m (fiks) + KPI
Ish vaqti
- Ish grafigi: 6/1 (05:00–12:00 / 09:00–16:00)
Imtiyozlar
- Korxona hisobidan bepul issiq tushlik
- Korxona tomonidan o‘qituv va qo‘llab-quvvatlash
- Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgach, rasmiy bandlik
Eslatma
Manzilimiz: Marg‘ilon shahar, Votstroy «Shodiyona» un markazi (Orientir: Ko‘mir sklad ko‘chasi, «Orzu» chorrahasi). Arizalar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan shoshiling!
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

