SMM mutaxassisi / kontent-menejer
from 8 000 000 UZS
Only 5 people applied — be next!
Russian
Uzbek
Job Details
SMM MUTAXASSISI / KONTENT-MENEJER QIDIRAMIZ! Agar siz uchun SMM shunchaki «post joylash» emas, balki g‘oya yaratish, suratga olish jarayonini tashkil qilish, trendlarni kuzatish va kontentni biznes natijasiga aylantirish bo‘lsa - unda biz birga ishlashimiz mumkin! Kontent yo‘nalishini to‘liq o‘z qo‘liga oladigan mutaxassis izlayapmiz - strategiya va ssenariylardan tortib, kontentni joylashtirish va natijalarni tahlil qilishgacha.
Maosh tafsiloti
- Sinov muddati davomida - 6 000 000 so‘m
- Sinov muddatidan so‘ng - 8 000 000 so‘m
Ish vaqti
- 6/1, 10:00 dan 19:00 gacha
Imtiyozlar
- Kompaniya xizmatlari va mahsulotlariga 50% chegirma
Vazifalar
- Kontent strategiyasi va kontent-rejalarini ishlab chiqish
- Biznes maqsadlariga mos format, g‘oya va ssenariylar yaratish
- Trendlarni kuzatish va ularni loyihalarga tezkor moslashtirish
- Suratga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish
- Lokatsiyalar, aktyorlar va blogerlarni izlash
- Foto va video kontent yaratish
- Reels, TikTok, Stories va Telegram bilan ishlash
- Kontentni reja asosida joylashtirish va rasmiylashtirish
- Dizayn va video montaj bilan ishlash
- Muddatlar va kontent ishlab chiqarish jarayonini to‘liq nazorat qilish
- Statistikani tahlil qilish va natijalarni yaxshilash
- Kompaniyani rivojlantirish va yangi mijozlarni jalb qilishda ishtirok etish
Talablar
- SMM sohasida real ish tajribasiga ega mutaxassis
- SMM va digital-marketingni yaxshi tushunadigan
- Reklama kabinetlari va analitika bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
- Suratga olish jarayonlarini tashkil qilish va blogerlar bilan ishlash tajribasiga ega
- Rus va o‘zbek tillarini biladigan
- Jarayonlar va jamoani boshqarish ko‘nikmasiga ega
- Google Sheets va ofis dasturlaridan ishonchli foydalana oladigan
- Raqobatchilarni ko‘chirmasdan, yangi va zamonaviy g‘oyalar yarata oladigan ijodkor
Eslatma
- Ish tajribasi majburiy. Tajribasiz nomzodlardan murojaat qilmasliklarini so‘raymiz.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
