SMM Menejer
Job Details
Kompaniya: Royal Marketing - marketing va reklama xizmatlari.
Ish tajribasi: SMM sohasida kamida 1 yil.
Ish haqi: 6,000,000 - 12,000,000 so‘m. Maosh nomzodning tajribasi, erishgan natijalari va zimmasiga oladigan mas’uliyatiga qarab belgilanadi.
Asosiy vazifalar:
-
Kontent rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
Instagram, Telegram hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarni professional yuritish;
-
Post, story va reels uchun kreativ g‘oyalar ishlab chiqish;
-
Dizayner, videograf, montajchi, targetolog va loyiha menejeri bilan hamkorlikda ishlash;
-
Kontent sifatini nazorat qilish va vazifalarni belgilangan muddatlarda topshirish;
-
Sahifa statistikalarini tahlil qilish hamda rivojlantirish bo‘yicha takliflar berish.
Talablar:
-
Kontent strategiyasi va ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni yaxshi tushunish;
-
Kreativ fikrlash va yuqori mas’uliyat hissiga ega bo‘lish;
-
O‘zbek tilida ravon va savodli yozish;
-
Rus tilini bilish ustunlik beradi;
-
Meta Business Suite, Canva va sun’iy intellekt vositalaridan foydalana olish.
Kompaniya taklif qiladi:
-
Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati;
-
Kuchli va ahil jamoada ishlash;
-
Qulay va zamonaviy ofis muhiti.
Bog‘lanish: Portfolio bilan Telegram orqali murojaat qiling.
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
