Shogirdlik
Job Details
SHOGIRDLIK NIMA?
Bu — Winners Academy asoschisi Ilhom Safarmurodov tomonidan shaxsan olib boriladigan maxsus mentorlik dasturi. 2017-yildan buyon davom etib kelayotgan an'ana: tanlangan nomzodlar avval bevosita ustoz nazorati ostida o'rganadi, keyin — tayyor bo'lgach — mas'uliyatli lavozimga o'tadi.
Dastur 4 ta yo'nalishda olib boriladi: Teaching, Marketing/Media, Administration/Sotuv, Publishing.
QANDAY ISHLAYDI?
1-bosqich — O'RGANISH: Siz avval kuzatuvchi va yordamchi sifatida o'rganasiz, tajribali mentor(lar) kuzatuvida amaliy ko'nikma orttirasiz. Bu bosqichda maqsad — tizimni, ishning mohiyatini va yo'nalishingiz bo'yicha real vazifalarni chuqur o'rganish.
Agar 1-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlab, ustoz tomonidan tayyor deb topilsangiz — 2-bosqichga o'tasiz.
2-bosqich — ISH: Bu bosqichda tegishli yo'nalishda mustaqil lavozimga o'tasiz va jamoaning to'liq huquqli a'zosiga aylanasiz.
Bu — tez pul topish yo'li emas. Bu — uzoq muddatli o'sish, chuqur ko'nikma va ustoz-shogird munosabatiga asoslangan yo'l.
Assalomu alaykum! Sizni vakansiyamizda ko'rganimizdan xursandmiz! Quyidagi talablarimizga mos bo'lsangiz, anketadagi savollarga to'liq va aniq javoblar keltiring! Aks holda, javoblaringiz qabul qilinmaydi!
ASOSIY TALABLAR:\
- Har kuni ishlay olish\
- 18 yoshdan katta bo'lish\
- Eng kamida talaba bo'lish\
- O'rganishga tayyor bo'lish
QADRLANADI:\ - Mas'uliyatli va tartib-intizomli bo'lish\
- Xushmuomala madaniyatiga ega bo'lish\
- Kompyuterdan foydalana olish\
- Tanqidni to'g'ri qabul qila olish
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Winners Academy