Senior Flutter dasturchi

Senior Flutter dasturchi

Smartup

Salary: Negotiable

Source:Unilance
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any

Job Details

Smartup mobil ilovasini rivojlantirish uchun Senior Flutter dasturchi qidirilmoqda.

Smartup dan har kuni 11 mamlakatda 25 000 dan ortiq savdo agentlari va merchandayzerlar foydalanadi. Ko'pincha internet yo'q sharoitda ishlatishadi. Jamoamizga shunchaki ekran yasaydigan emas, ilova offline holatda qanday o'zini tutishini tushunadigan va arxitektura qura oladigan dasturchi kerak.

Bizga o'z ustida ishlashdan to'xtamaydigan va mas'uliyat olishdan qo'rqmaydigan dasturchilar kerak.

Vazifalar

  • Offline-first arxitekturani loyihalash: lokal baza, sinxronizatsiya
  • Legacy kodni refraktoring qilish va testlar bilan qoplash
  • Kuchsiz (low-end) qurilmalarda ishlash tezligini optimizatsiya qilish
  • Talabchan code review va jamoada injenerlik standartlarini ushlab turish
  • Middle/junior dasturchilarga mentorlik qilish

Talablar

  • Flutter/Dart bo'yicha mustahkam bilim (3–4 yildan ortiq real tajriba)
  • BLoC (yoki muqobil yechimlar) va state management'ni chuqur tushunish
  • Katta hajmdagi ma'lumotlar va sinxronizatsiya bilan ishlash tajribasi
  • Texnik qarorlarni mustaqil qabul qila olish
  • Test yozishni "vaqt topilganda" emas, odat sifatida bajarish

Ish vaqti

  • Toshkentdagi ofisda, to'liq kun. Sprintlar asosida ishlaymiz.

Typical pay for this role

3Mminimum
12Maverage
41+Mmaximum
ID 92562

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent