Psixolog (maktab)
Rahimov School
Fergana Region, Fergana City
7 000 000 – 9 500 000 UZS
Above market
This job · up to 9.5 M
1.5Mminimum
4.5Maverage
17+Mmaximum
Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Schedule:5/2 (5 days work, 2 days off)
Working hours:08:30-17:30,09:00-15:00
Gender:Any
Required languages:Uzbek
Preferred languages:Russian, English
Job Details
Rahimov School Farg’ona filialimiz uchun ishini sevadigan psixologni qidiryapmiz. Agar siz bizga psixolog nomzodni tavsiya qilsangiz va u ishga qabul qilinsa, siz uchun 500.000 so’m bonus ajratiladi!
Vazifalar
- Psixodiagnostika: O‘quvchilarning psixologik holatini aniqlash bo‘yicha tizimli tashxis ishlarini olib borish
- Individual yordam: Muammoli vaziyatga tushib qolgan o‘quvchilar bilan individual konsultativ ishlarni tashkil etish
- Adaptatsiya: Yangi o‘quvchilarni qabul qilishda ishtirok etish va ularning maktab muhitiga moslashuv jarayonini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash
- Metodik faoliyat: Majlislar va pedagogik kengashlarda ishtirok etish, o‘qituvchi hamda ota-onalar uchun trening va ma’ruzalar tashkil qilish
Talablar
- Ma’lumot: Psixologiya sohasida oliy ma’lumot
- Tajriba: Kamida 3 yillik ish tajribasi (ta’lim muassasalarida ishlaganlik afzallik beradi)
- Yutuqlar: Shaxsiy kasbiy sertifikatlar, psixologik metodikalarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi
- Nutq madaniyati: O‘zbek tilini mukammal va erkin muloqot darajasida bilish (rus yoki ingliz tillarini bilish afzallik beradi)
- Kommunikatsiya: Bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan samarali muloqot o‘rnata olish, murakkab vaziyatlarda xushmuomalalikni saqlash
- Empatiya va xolislik: O‘quvchilarning ichki dunyosini tushunish, ularga individual yondashish va professional etikani saqlash
- Shaxsiy xislatlar: Mas'uliyat, tartiblilik va bolalar bilan ishlashda yuqori sabr-toqat
Imtiyozlar
- Rasmiy faoliyat: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til
- Barqarorlik: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik)
- O'sish: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi
- Ijtimoiy himoya: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari
- Work-life balance: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati
- Aniq bonuslar: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma
- Mazali tushlik: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar
- Rivojlanish: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 7.000.000-9.500.000 so’m
Ish vaqti
- 5/2, ish vaqti 08:30–17.30
- Shanba qisqa ish kuni (09:00-15:00)
Eslatma
Ishga kirish uchun Farg'ona filialini tanlab arizangizni qoldiring.
ID 43164
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

