Operatsion Direktor & COO

Operatsion Direktor & COO

Supply kompaniya

from 36 000 000 UZS

Only 6 people applied — be next!

Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Payment:Monthly
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Men
Urgent

Job Details

VAKANSIYA: OPERATSION DIREKTOR (COO)

Oylik maosh: 36 000 000 so‘m + natijaga bog‘liq bonus

Kuchli operatsion rahbarmisiz? Biz sizga katta imkoniyat taklif qilamiz!

AquaAgro, Dozmo, Flaconix va Sedia brendlarini birlashtirgan supply kompaniyamiz 2027-yilda biznesni bir necha barobar kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bizga shunchaki jarayonlarni nazorat qiladigan emas, balki butun operatsion tizimni quradigan, jamoani boshqaradigan va biznes o‘sishini ta’minlaydigan COO kerak!

SIZNING ASOSIY VAZIFALARINGIZ:

Xitoy va Erondan xaridlar, import va bojxona jarayonlarini boshqarish.

Toshkent va hududlardagi omborlar faoliyatini tizimlashtirish.

Ombor qoldiqlari, inventarizatsiya va Smartup tizimidagi hisob-kitoblar aniqligini ta’minlash.

Yetkazib berish va transport logistikasini optimallashtirish.

Mavsumiy talabdan kelib chiqib, zaxiralarni oldindan rejalashtirish.

Bo‘limlar o‘rtasida samarali boshqaruv tizimi va haftalik nazoratni yo‘lga qo‘yish.

Moliya bo‘limi bilan hamkorlikda tovar qoldiqlari va pul mablag‘lari ustidan nazoratni kuchaytirish.

Operatsion KPI tizimini joriy etish va natijalarni yaxshilash.

BIZ KIMNI IZLAYAPMIZ?

• Operatsiyalar yoki logistika rahbari sifatida kamida 5 yillik tajribaga ega.

• Import, bojxona va xalqaro logistika jarayonlarini yaxshi biladigan.

• 50 nafardan ortiq xodimdan iborat jamoani boshqargan.

• ERP tizimlarida ishlagan — Smartup tajribasi katta ustunlik.

• O‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila oladigan.

• Tizimli fikrlaydigan, talabchan, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan rahbar.

SIZNI NIMALAR KUTMOQDA?

36 000 000 so‘m oylik maosh + natijaga bog‘liq bonus.

Tez o‘sayotgan biznesda katta o‘zgarishlar qilish imkoniyati.

Ta’sischi bilan bevosita ishlash va muhim qarorlarga ta’sir ko‘rsatish.

Operatsion tizimni noldan takomillashtirish, jamoani rivojlantirish va biznes miqyosini kengaytirishda yetakchi rol.

TANLOV BOSQICHLARI:

1. Ariza va CV yuborish.

2. Bilim va tajriba bo‘yicha test.

3. Suhbat.

4. Amaliy topshiriq.

5. Ta’sischi bilan yakuniy suhbat.

Agar siz operatsion jarayonlarni tizimlashtirishni, katta jamoani boshqarishni va biznesni yangi bosqichga olib chiqishni bilsangiz — biz aynan sizni izlayapmiz!

O‘z tajribangizni katta natijalarga aylantiring!

Above market

This job · ≈36 M
3Mminimum
6.5Maverage
19+Mmaximum
ID 114907

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent