Ofitsiant (premium restoran)
Job Details
EMIRATE BY ISOM PREMIUM RESTORANI — Buxoroning nufuzli premium restoranlaridan birida professional jamoamiz safiga qo‘shiling! Biz xushmuomala, mas’uliyatli, ozoda va yuqori darajadagi servis ko‘rsatishga intiladigan ofitsiantlarni izlamoqdamiz.
Talablar
- Jinsi: ayol va erkaklar
- Yosh: 20–30 yosh
- Tajriba: kamida 5 oy ofitsiantlik tajribasi
- Mijozlar bilan xushmuomala va professional muloqot qila olish
- Tashqi ko‘rinishi ozoda va tartibli bo‘lish
- Mas’uliyatli, chaqqon va jamoada ishlay olish
- Kompyuter va restoran dasturlaridan bemalol foydalana olish
- Premium servis standartlariga rioya qilish
- O‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
Maosh tafsiloti
- Kafolatlangan daromad: Kuniga 150 000 – 200 000 so‘m + 5%
- Qo‘shimcha daromad: Kunlik 3 000 000 so‘mlik aylanma bajarilgandan so‘ng, yopilgan cheklar umumiy summasining 5% miqdorida qo‘shimcha daromad
- Ko‘chib kelish bonusi: Ishning birinchi oyi yakunida 300 000 so‘m
- KPI bonuslari: Oy davomida 270 mln so‘mdan ortiq natija — 2 500 000 so‘m bonus; Oy davomida 300 mln so‘mdan ortiq natija — 4 500 000 so‘m bonus
Imtiyozlar
- Bepul turar joy
- Kuniga 2 mahal bepul ovqat — tushlik va kechki ovqat
- Professional mutaxassislar tomonidan maxsus treninglar
- Rasmiy ishga qabul qilish
- Ish haqi har 10 kunda bir marta to‘lanadi
Ish vaqti
- Kunduzgi smena: 09:00 – 23:00
- Kechki smena: 10:00 – 00:00
- Dam olish: haftasiga 1 kun
Eslatma
Agar siz premium restoran muhitida ishlashni istasangiz; mijozlarga yuqori darajadagi servis ko‘rsata olsangiz; yuqori daromad va bonuslarga intilsangiz; professional jamoada rivojlanishni xohlasangiz — SIZNI JAMOAMIZDA KUTAMIZ!
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

