Merchendayzer (muzqaymoq)
ASMO ICE CREAM
5 000 000 UZS
Job Details
«ASMO ICE CREAM» MCHJ jamoasi o‘z ishiga mas’uliyatli va intizomli merchendayzerlarni taklif etadi!
Vakansiyalar soni: 3 ta
Vazifalar
- Kompaniya muzqaymoqlarini belgilangan standartlar va planogramma asosida to‘g‘ri joylashtirish
- Mahsulotlarning doimo tartibli, toza va sotuvga tayyor holatda bo‘lishini ta’minlash
- Do‘konlardagi mahsulot qoldig‘ini nazorat qilish va rahbariyatga o‘z vaqtida ma’lumot berish
- Kompaniya ichki tartib-qoidalari hamda halollik standartlariga rioya qilish
- Kuniga kamida 15 ta do‘konga tashrif buyurish va nazorat qilish (Korzinka, Makro, Havas va boshqa supermarketlar)
Talablar
- Tajriba: Merchendayzerlik yoki savdo sohasidagi tajriba juda muhim (ustunlik beriladi)
- Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish nomzod uchun katta ustunlik beradi
- Mas’uliyatli, halol va tartib-intizomli bo‘lish
- Jamoada ishlay olish va Rezyume (CV)ga ega bo‘lish
Maosh tafsiloti
- Asosiy oylik: 5 000 000 so‘m
- Tushlik uchun: 65 000 so‘m (kunlik)
- Qo‘shimcha bonus: Har bir tashrif buyurilgan va xizmat ko‘rsatilgan do‘kon uchun qo‘shimcha ish haqi (bonus) to‘lanadi
Ish vaqti
- 09:00 – 18:00 (6/1 grafigi)
Eslatma
Iltimos, faqat yuqoridagi talablarga to‘liq mos keladigan nomzodlar murojaat qilsin. O‘z vaqtlarimizni qadrlaylik!
Iltimos, soat 10:00 dan 21:00 gacha qo‘ng‘iroq qiling. Agar qo‘ng‘iroqqa javob bera olmasam, Telegram orqali yozib qoldiring. Murojaatingiz albatta ko‘rib chiqiladi!
Within market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
