Mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish xizmati administratori (Front Office Administrator)

Mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish xizmati administratori (Front Office Administrator)

MERCURE KHIVA HOTEL

Khorezm Region, Khiva City

Salary: Negotiable

Typical pay for this role

1.8Mminimum
3.5Maverage
7Mmaximum
Format:Shift
Work mode:On-site
Gender:Any
Required languages:Russian, English

Job Details

Xiva markazidagi betakror Mercure Khiva mehmonxonasi o'z jamoasiga mehmondo'stlik olamida yorqin faoliyat boshlashni yoki davom ettirishni istagan, g'ayratli va mas'uliyatli mutaxassislarni taklif etadi!

Vazifalar

  • Mehmonlarni kutib olish, ro'yxatga olish (Check-in) va joylashtirish
  • Mehmonlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (naqd pul, terminallar, hisob-fakturalar)
  • Mehmonxona xizmatlari va shahar infratuzilmasi haqida mehmonlarga aniq va to'liq ma'lumot berish
  • Kiruvchi qo'ng'iroqlar, so'rovlar va bronlarga tezkor ishlov berish
  • Mehmonlarning istaklari va shikoyatlarini xalqaro Accor standartlari asosida yuqori darajada hal etish

Talablar

  • Ma'lumoti: Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
  • Tillar: Rus va ingliz tillarini mukammal bilish (boshqa xorijiy tillarni bilish katta ustunlik beradi)
  • IT ko'nikmalar: Kompyuterdan ishonchli foydalanish (Microsoft Office), mehmonxona boshqaruv dasturlari (PMS) bilan ishlay olish qobiliyati
  • Shaxsiy fazilatlar: A'lo darajadagi muloqot qobiliyati va mijozlarga yo'naltirilganlik (klientorientirovannost)
  • Mas'uliyat, tashkilotchilik va stressga chidamlilik
  • Kompaniya standartlari: Mehmonlarga xizmat ko'rsatish standartlari va korporativ etika qoidalariga qat'iy rioya qilish

Imtiyozlar

  • Mehmonxona sohasida ish tajribasiga ega nomzodlar qo'llab-quvvatlanadi (tajribasiz bo'lsa, xalqaro standartlar asosida o'zimiz o'rgatamiz)
  • O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
  • Barqaror va raqabatbardosh ish haqi
  • Xalqaro mehmonxona tarmog'ida kasbiy o'sish va treninglar
  • Shinam ish sharoiti, bepul tushlik va maxsus kiyim-bosh (forma)
  • Ahil va professional jamoa

Ish vaqti

  • Smenali grafik (tungi smenalar, dam olish va bayram kunlarini o'z ichiga oladi)
ID 42959

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar vacancies