Mebel yo‘nalishi bo‘yicha savdo xodimi (Savdo vakili) B2B
Job Details
Xorazm Betek / Filli Boya jamoasi kengayishda davom etadi va quyidagi bo‘sh ish o‘rnini e’lon qiladi:
Siz faol, muloqotga kirishuvchan va savdo sohasida yuqori natijalarga erishishni xohlaysizmi? Unda bizning ahil jamoamiz aynan sizni kutmoqda!
Vazifalar
- Mijozlar bazasini yaratish: Hududdagi mebel ishlab chiqarish tsexlari va soha mutaxassislarining umumiy bazasini shakllantirish hamda tizimli ravishda kengaytirib borish.
- Tizimli tashriflar: Belgilangan reja asosida mebel tsexlariga har kunlik faol tashriflarni amalga oshirish.
- Ehtiyojlarni tahlil qilish: Tsexlardagi vaziyatni va ustalarning talablarini umumiy tahlil qilib, ularga eng mos keluvchi sifatli mahsulotlarni (bo‘yoq, lak va boshqa vositalarni) to‘g‘ri taklif qila olish.
- Hamkorlikni rivojlantirish: Mijozlar bilan uzoq muddatli, ishonchli va do‘stona aloqalarni o‘rnatish.
Talablar
- Savdo sohasida (ayniqsa, qurilish mahsulotlari yoki mebel yo‘nalishida) ish tajribasi mavjudligi (katta afzallik beradi)
- Odamlar bilan tez til topisha olish va muzokaralar olib borish qobiliyati
- Mas’uliyatlilik, intizom va yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishga bo‘lgan intilish
- Faol va natijaga yo‘naltirilgan shaxsiy pozitsiya
Imtiyozlar
- Dunyoga mashhur brend tarkibida professional o‘sish imkoniyati
- Ahil, qo‘llab-quvvatlovchi va zamonaviy jamoa
- Mahsulot xususiyatlari va savdo san’ati bo‘yicha bepul treninglar
Maosh tafsiloti
- Barqaror va raqabatbardosh ish haqi (fiksa + sotuvdan yuqori bonuslar)
Eslatma
Ish o‘rinlari soni cheklangan. O‘z kelajagingizni bugunning o‘zida biz bilan birga qurishni boshlang!
Typical pay for this role
2Mminimum
5Maverage
15+Mmaximum
ID 51848
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

