Marketolog (avtomobil kompaniyasi)
Job Details
ADM-ASTER jamoasiga MARKETOLOG taklif qilamiz! Mijozlarni jalb qilish, brendni rivojlantirish va savdo hajmini oshirishni biladigan kuchli marketologni izlaymiz. Agar siz yirik loyihalarni amalga oshirishga, yangi g‘oyalarni taklif qilishga va o‘z mehnatingiz natijasini ko‘rishga tayyor bo‘lsangiz — jamoamizga qo‘shiling!
Vazifalar
- Kompaniyaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish
- Digital va offline reklama kampaniyalarini rejalashtirish, ishga tushirish va tahlil qilish
- Ijtimoiy tarmoqlar va digital yo‘nalishni rivojlantirish
- Bozor, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilish
- Reklama kanallarining samaradorligini nazorat qilish
- Dizaynerlar, reklama agentliklari va boshqa pudratchilar bilan ishlash
- Mijozlar oqimi va savdo hajmini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish
Talablar
- Marketing sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
- Reklama kampaniyalarini ishga tushirish bo‘yicha amaliy tajriba
- Zamonaviy digital-marketing vositalarini yaxshi bilish
- Tahliliy fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik
- Tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik va mustaqil ishlay olish
- Vazifalarni rejalashtirish va belgilangan muddatlarda bajarish
- Portfolio yoki muvaffaqiyatli loyihalar mavjudligi ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Ish tajribasi va ko‘nikmalarga qarab yuqori daromad olish imkoniyati
- Barqaror va yirik avtomobil kompaniyasida ishlash
- Qiziqarli va yirik loyihalarni amalga oshirish imkoniyati
- O‘z g‘oyalarini taklif qilish va amalga oshirish erkinligi
- Kasbiy va karyera rivoji
- Zamonaviy ofis va kuchli jamoa
- Rasmiy ishga qabul qilish
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 8 000 000 so‘mdan boshlab (suhbat natijalariga ko‘ra kelishiladi)
Ish vaqti
- 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha
Eslatma
Agar siz marketing orqali real natija ko‘rsata olsangiz, rezyumengizni yuboring va ADM-ASTER jamoasiga qo‘shiling! Qo‘ng‘iroq va xabarlar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Within market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
