Kategoriya menejeri
Above market
Job Details
ARBOSS jamoasiga kategoriya menejeri kerak! Bizga shunchaki buyurtma beradigan xodim emas, balki o'z kategoriyasini biznes sifatida boshqaradigan, foydani oshiradigan va natija uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan mutaxassis kerak!
Vazifalar
- Biriktirilgan kategoriya bo'yicha savdo, foyda, assortiment va ombor qoldiqlarini tahlil qilish
- Mahsulotlarga bo'lgan talabni o'rganish va o'z vaqtida xarid buyurtmalarini shakllantirish
- Bozor narxlarini muntazam tahlil qilish va eng manfaatli xarid shartlarini topish
- Zavodlar va ta'minotchilar bilan muzokaralar olib borish, narxlar va to'lov shartlarini kelishish
- Yangi va ishonchli ta'minotchilarni topish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish
- Mahsulot yetishmovchiligi va ortiqcha zaxiralarning oldini olish
- Ta'minotchilar bilan o'zaro hisob-kitoblarni nazorat qilish va muntazam solishtirib borish
- Excel orqali savdo, xarid, zaxira va rentabellik hisobotlarini yuritish
- Kategoriyaning savdo hajmi, yalpi foydasi va rentabelligini oshirish ustida ishlash
Talablar
- Raqamlar asosida fikrlaydigan va tahlil qilish qobiliyatiga ega
- Excel dasturini yaxshi biladigan, hisobotlar bilan mustaqil ishlay oladigan
- Muzokara olib borish va manfaatli shartlarda kelishish qobiliyatiga ega
- Mustaqil qaror qabul qiladigan va tashabbus ko'rsatadigan
- Tartibli, mas'uliyatli va natijaga yo'naltirilgan
- Xarid, ta'minot yoki kategoriya boshqaruvi bo'yicha tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi
- Qurilish materiallari bozorini bilish katta afzallik hisoblanadi
Imtiyozlar
- Kasbiy va lavozim bo'yicha o'sish imkoniyati
- Tushlik kompaniya hisobidan
Maosh tafsiloti
- Oylik daromad: 5 000 000 – 12 000 000 so'm
- Fiks maosh + natijaga asoslangan KPI
Ish vaqti
- Ish vaqti: 08:00–18:00
- Ish tartibi: 6/1
- Ish joyi: Toshkent shahri
Eslatma
Ishga ariza topshirish uchun quyidagi ma'lumotlarni yuboring:
- Rezyume (CV)
- Oldingi ish tajribangiz
- Excel bo'yicha bilim darajangiz
- Erishgan natijalaringiz (mavjud bo'lsa)
Nega aynan ARBOSS? Biz uchun kategoriya menejeri — shunchaki xaridlarni amalga oshiradigan xodim emas. Bu — savdo, foyda, assortiment va zaxiralarni boshqarib, kompaniya natijasiga bevosita ta'sir qiladigan mutaxassis. Biz tashabbus ko'rsatadigan, raqamlar bilan ishlaydigan va o'z faoliyati orqali real natija yaratishga intiladigan insonlarni qadrlaymiz. Agar siz o'z bilim va tajribangiz bilan kompaniya rivojiga hissa qo'shishga tayyor bo'lsangiz, jamoamizga qo'shiling!
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
