IT-O‘qituvchi / Mentor (Cybersecurity, Web, AI, UI/UX)
Job Details
IT Lax — zamonaviy IT-ta’lim ekotizimi. Biz Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi (TIST) binosidagi yangi IT-laboratoriyamiz uchun o‘z sohasining amaliyotchi mutaxassislarini jamoamizga taklif qilamiz!
Agar siz o‘z bilimingizni yoshlarga ulashishni, amaliy loyihalar yaratishni va iqtidorli kadrlarni tayyorlashni istasangiz — biz bilan bog‘laning.
Yo‘nalishlar (quyidagilardan biri bo‘yicha):
-
Web Development: Full Stack / Frontend (React, Vue) yoki Backend (Python/Node.js/PHP).
-
Kiberxavfsizlik (Cybersecurity): Tarmoq xavfsizligi, Ethical Hacking, Web Security asoslari.
-
AI Engineering: Python, Data Science, Machine Learning / Sun’iy intellekt asoslari, LLM bilan ishlash.
-
Web Design (UI/UX): Figma, veb va mobil ilovalar dizayni, UX tadqiqotlar.
Vazifalar:
-
O‘quvchilarga amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy darslar o‘tish (nazariya + real loyihalar).
-
O‘quvchilarning shaxsiy portfoliolarini yig‘ishiga mentorlik qilish.
-
Mustaqil topshiriqlarni tekshirish va konstruktiv fikr-mulohaza (feedback) berish.
-
Dars dasturini zamonaviy IT-trendlarga mos holda boyitib borish.
Talablar:
-
Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha amaliy ish tajribasi (kamida 1–2 yil) va portfolio.
-
Murakkab tushunchalarni sodda, tushunarli va qiziqarli qilib tushuntira olish qobiliyati.
-
O‘qituvchilik yoki mentorlik tajribasi (katta ustunlik beradi).
-
Mas’uliyat, punktuallik va o‘quvchilar natijasiga befarq bo‘lmaslik.
Biz taklif qilamiz:
-
Maosh: Raqobatbardosh, suhbat asosida (dars soatlariga yoki guruhlarga qarab kelishiladi).
-
Ish grafigi: Moslashuvchan (Part-time yoki Full-time imkoniyati).
-
Ish joyi: Yangihayot tumani, TIST binosi (zamonaviy, barcha texnikalar bilan jihozlangan yangi IT-laboratoriya).
-
Kuchli networking va IT Lax ekotizimidagi boshqa yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

