Ingliz tili ustozlari

Ingliz tili ustozlari

Iftixor school

Salary: Negotiable

Format:Full-time
Work mode:On-site
Perks:
Meals
Gender:Any
Required languages:
  • English

Job Details

IFTIXOR SCHOOL INGLIZ TILI USTOZLARINI JAMOASIGA TAKLIF ETADI! Xalqaro expertlar bilan hamkorlikda O'zbekistondagi eng kuchli ingliz tili bo'limini qurmoqdamiz. Doimiy o'sishga tayyor va intiluvchan ustozlar bilan jamoamizni kengaytirmoqdamiz.

Imtiyozlar

  • O'z vaqtida to'lanadigan ish haqi: Oylik va bo'nak (avans) kechikishlarsiz, oyiga ikki marotaba to'lanadi.
  • Rasmiy ish bilan ta'minlash: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga to'liq mos ravishda.
  • Ta'til va kasallik varaqasi: Har yilgi haq to'lanadigan mehnat ta'tili va kasallik varaqasi qoplanishi.
  • Ota-onalar chatlari yo'q: Ota-onalar bilan muloqot qat'iy kuratorlar tomonidan olib boriladi. Siz diqqatingizni faqat bolalarga qaratasiz.
  • Shaxsiy vaqtingizga hurmat: Ish vaqtidan tashqari ma'muriyat shaxsiy chegaralaringizni hurmat qiladi.
  • Farzandlar ta'limi uchun chegirma: Maktabimizda tahsil oladigan farzandlaringiz uchun har oylik 50% gacha chegirma.
  • Mazali taomlar: Maktab oshxonasida bepul tushlik.
  • Sog'lom muhit: Ahil jamoa va ortiqcha Byurokratiyasiz zamonaviy ta'lim yondashuvi.
  • Kasbiy rivojlanish: Treninglar va kasbiy mahorat darslarida qatnashish uchun maktab tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlash.

Talablar

  • Ingliz tili darajasi: IELTS 7.0+ (C1 darajasi yoki unga teng) hamda ravon va erkin muloqot qilish qobiliyati.
  • Tegishli ish tajribasi: Boshlang'ich va o'rta maktab o'quvchilariga (5–11-sinflar) ingliz tilidan dars berish bo'yicha 1 yildan ortiq tajriba.
  • Rivojlanishga intilish: Bilim olishga ishtiyoq, fikr-mulohazalarga ochiqlik va biz bilan birga professional o'sishga tayyorlik.

Eslatma

Rezyume yuborish uchun.

Typical pay for this role

2.8Mminimum
9Maverage
25+Mmaximum
ID 110374

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in the Tashkent Region