Hamshira (navbatchi)

Hamshira (navbatchi)

Bilaz Medical Clinic

Surkhandarya Region, Muzrabad DistrictBilaz Medical Clinic

Salary: Negotiable

Typical pay for this role

1.5Mminimum
3.3Maverage
5.2+Mmaximum
Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Format:Shift
Work mode:On-site
Gender:Any

Job Details

Bilaz Medical Clinic jamoasiga Hamshira (Navbatchi) lavozimiga ishga taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Bemorlarga shifokor ko'rsatmasi asosida barcha tibbiy muolajalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish
  • Vena ichiga ukol qilish, sistema (kapelnitsa) qo'yish va kateter qo'yishni mukammal bilishi
  • Kattalar va yosh bolalarga qiyinchiliksiz vena topa olishi va muolajalarni to'g'ri bajarishi
  • Navbatchilik davomida bemorlarning umumiy holatini muntazam kuzatib borish va o'zgarishlar haqida shifokorga darhol xabar berish
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlardan to'g'ri foydalanish
  • Muolaja xonasi va tibbiy jihozlarning tozaligi hamda sterilligini ta'minlash
  • Tibbiy hujjatlarni to'g'ri, aniq va o'z vaqtida yuritish
  • Klinikadagi ichki tartib va mehnat intizomiga qat'iy rioya qilish

Talablar

  • O'rta maxsus yoki oliy tibbiy ma'lumotga ega bo'lish (diplom bo'lishi shart)
  • Hamshiralik yo'nalishida ish tajribasiga ega bo'lish
  • Vena topish, sistema va kateter qo'yish bo'yicha yaxshi amaliy ko'nikmaga ega bo'lish
  • Yosh bolalar va kattalar bilan ishlash tajribasi bo'lishi
  • Xushmuomala, sabrli va bemorlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish
  • Halol, mas'uliyatli va intizomli bo'lish
  • Sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilishi
  • Jamoada ishlay olishi va rahbariyat topshiriqlarini mas'uliyat bilan bajarishi

Imtiyozlar

  • O'z vaqtida maosh to'lovi
  • Zamonaviy klinikada ishlash imkoniyati
  • Ahil va professional jamoa
  • Doimiy ish o'rni va qulay mehnat sharoiti

Maosh tafsiloti

  • Suhbat asosida kelishiladi

Ish vaqti

  • Oyiga 10 kun navbatchilik (24 soatlik navbatchilik grafigi asosida)
  • Navbatchilik jadvali klinikaning ichki ish tartibiga muvofiq tuziladi
ID 43367

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar vacancies