Finansist (Moliya mutaxassisi)
Source:Telegram channel/group or Cloz.uz
Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any
Job Details
Kompaniyamizning moliyaviy barqarorligini ta'minlash va tahliliy jarayonlarni boshqarish uchun moliya mutaxassisini jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Kompaniyaning byudjetini shakllantirish, daromad va xarajatlarni nazorat qilish
- Sotuv reja (plan) va fakt ko'rsatkichlarini kunlik tahlil qilish hamda hisob-kitoblarni Excel shablonlarida yuritish
- Moliyaviy natijalar va bajarilgan ishlar yuzasidan rahbariyat uchun hisobotlarni taqdimot (PPT) ko'rinishida tayyorlash va himoya qilish
- Moliyaviy oqimlarni , foyda va zararlarni tahlil qilib borish
- Kompaniyaning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar kiritish
Talablar
- Ma'lumoti: Moliya, iqtisodiyot yoki buxgalteriya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumot
- Tajriba: Moliya yoki buxgalteriya sohasida kamida 1-3 yillik ish tajribasi
- Texnik ko'nikmalar: MS Excel dasturida mukammal ishlash, kompyuter ko'nikmalari
- Shaxsiy xususiyatlar: Analitik fikrlash, raqamlar bilan ishlashda aniqlik, katta hajmdagi ma'lumotlarni tizimlashtira olish
Imtiyozlar
- O'z vaqtida to'lanadigan, raqobatbardosh oylik maosh (nomzodning tajribasiga qarab suhbatda kelishiladi)
- Qulay va zamonaviy ofis sharoitlari
- Professional jamoa va yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati
- Karyera o'sishi va malaka oshirish uchun sharoitlar
Eslatma
Agar siz o'z tajribangizni moliyaviy jarayonlarni rivojlantirishga sarflamoqchi bo'lsangiz, rezyumeingizni (CV) yuboring.
Typical pay for this role
2Mminimum
6Maverage
13+Mmaximum
ID 65657
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
