Fastfud xodimi
Job Details
O‘qish bilan birga ishlashni xohlaysizmi? Burger King jamoasiga qo‘shiling!
Burger King — dunyoga mashhur xalqaro fastfud tarmog‘i! Bu shunchaki ish emas — katta xalqaro kompaniyada tajriba orttirish, rivojlanish va karyera qurish imkoniyati. Siz noldan boshlashingiz mumkin, biz esa sizga hammasini o‘rgatamiz!
Yangi restoranimiz Samarqand Bulvarida ochiladi!
Toshkentda o‘qitish — kompaniya hisobidan! Ishni boshlashdan oldin kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishingiz uchun o‘qituvga Toshkentga yuboramiz. Yo‘l va o‘qitish xarajatlari kompaniya tomonidan qoplanadi.
Burger King’da — hammasi aniq va shaffof:
- Shaffof ish haqi. Qancha ishlasangiz, shuncha olasiz. Barcha hisob-kitoblar tizimda ko‘rinadi.
- O‘z vaqtida to‘laymiz. Kechikishlarsiz, oyiga ikki marta.
- Halol va rasmiy shartlar. Yashirin shartlar yo‘q — hammasi mehnat shartnomasi asosida. Haq to‘lanadigan mehnat ta’tili va kasallik varaqasi mavjud.
- Moslashuvchan ish jadvali. Smenalarni o‘zingizga qulay tarzda tanlang va ishni o‘qishingiz bilan bemalol birlashtiring.
- Noldan o‘rgatamiz. Tajribangiz bo‘lmasa — muammo emas! Tajribali mentorlar sizga ishni o‘rganishda va moslashishda yordam beradi.
- Karyera o‘sishi. Natijangizga qarab rivojlaning va yuqori lavozimlarga ko‘tariling. Noldan boshlab atigi 3 oy ichida trener darajasiga ko‘tarilib, 4 500 000 so‘m maoshga chiqishingiz mumkin.
Xalqaro kompaniyada ish boshlash, tajriba orttirish va o‘zingiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish vaqti keldi!
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Burger King