Call operator (UZLED)
Uzbek
Russian
Job Details
UZLED — LED ekranlar va zamonaviy reklama texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Hozirda jamoamizni kengaytirmoqdamiz va mijozlar bilan professional muloqot qila oladigan, faol va natijaga intiluvchi CALL OPERATOR izlayapmiz. Agar siz odamlar bilan tez til topisha olsangiz, telefonda ishonchli va chiroyli gapirsangiz hamda natija uchun ishlashni yoqtirsangiz — sizni jamoamizda kutamiz!
Vazifalar
- Mijozlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish
- Potensial mijozlarga telefon orqali bog‘lanish
- Mijoz ehtiyojini aniqlash va tegishli ma’lumotlarni taqdim etish
- Mahsulot va xizmatlarimiz haqida professional tarzda ma’lumot berish
- Mijozlarning savollari va e’tirozlari bilan ishlash
- Mijozni keyingi bosqichga olib o‘tish: konsultatsiya, uchrashuv yoki sotuv
- Mijozlar bilan muntazam aloqa olib borish
- CRM tizimida qo‘ng‘iroqlar va mijozlar haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri qayd etish
- Belgilangan KPI va savdo ko‘rsatkichlariga erishish
Talablar
- O‘zbek tilida ravon va savodli nutq
- Rus tilini bilish — katta ustunlik
- Chiroyli, aniq va ishonchli telefon muloqoti
- Tinglash va to‘g‘ri savol bera olish qobiliyati
- Mijoz ehtiyojini tez tushunish
- E’tirozlar bilan ishlay olish
- Stressga chidamlilik
- Mas’uliyat va intizom
- Faollik va tashabbuskorlik
- Natijaga yo‘naltirilganlik
- Kompyuterda ishlashning boshlang‘ich ko‘nikmalari
- Call-center, telesales yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo‘lsa — afzallik. Ammo tajribadan ko‘ra sizning muloqot qobiliyatingiz va o‘rganishga bo‘lgan munosabatingiz biz uchun muhimroq.
Imtiyozlar
- Barqaror ish va rasmiy ish muhiti
- Oylik maosh + KPI/bonus tizimi
- Natijangiz oshgani sari daromadingizni oshirish imkoniyati
- Professional va rivojlanayotgan jamoa
- Mahsulot va sotuv bo‘yicha trening
- Lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati
- Rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
- Qulay va zamonaviy ish muhiti
- Yaxshi natija ko‘rsatgan xodim uchun kelajakda: Call Operator → Senior Operator → Team Lead → Call Center/Sales yo‘nalishida rahbarlik kabi rivojlanish imkoniyatlari mavjud.
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh + KPI/bonus tizimi
- Maosh: 4.000.000dan boshlab (suxbat davomida)
Ish vaqti
- Ish grafigi: 09:00-19:00
- Yakshanba dam olish kuni
Eslatma
- Xabarda “CALL OPERATOR” deb yozing.
- Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani Uzumzor ko’chasi, 15-uy (Yaqin orada Chilonzor yangi ofisga ko’chamiz).
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
