Call markaz operatorlari (qurilish)
MUHTASHAM QURILISH KOMPANIYASIDA
3 500 000 UZS
Job Details
CALL MARKAZ OPERATORLARI ISHGA TAKLIF ETILADI! Barqaror ish, yuqori daromad va martaba o’sishini istaysizmi? Unda jamoamizga qo’shiling!
Kompaniya: Max Dream Build. Faoliyat yo’nalishi: Qurilish kompaniyasi, yangi xonadonlar savdosi. Loyiha: Baland Residence. Sotuv bo’limimiz kengayayotgani munosabati bilan tajribali Call markaz operatorlarini jamoamizga taklif qilamiz.
Talablar
- 20–30 yosh oralig’ida bo’lish
- Call markaz yoki ko’chmas mulk savdosi sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lish
- Mijozlar bilan erkin va ishonchli muloqot qila olish
- Mas’uliyatli, intizomli va natijaga yo’naltirilgan bo’lish
- O’z ustida ishlash va rivojlanishga intilish
- Kunlik ish rejasiga muvofiq telefonda kamida 2,5 soat samarali muloqot olib borish
Imtiyozlar
- Barqaror ish va o’z vaqtida maosh
- Yuqori natijalar uchun bonus tizimi
- Sotuv va muzokaralar bo’yicha professional treninglar
- Ahil va professional jamoa
- Faol xodimlar uchun lavozim bo’yicha o’sish imkoniyati
- Zamonaviy va qulay ish muhiti
Maosh tafsiloti
- Kafolatlangan oylik — 3 500 000 so’m
- Natijangizga qarab bonuslar beriladi
- O’zingiz ustingizda ishlab, bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, oylik daromadingiz 10 000 000 so’m va undan yuqori bo’lishi mumkin
Eslatma
Bo’sh ish o’rinlari soni cheklangan. Suhbat uchun hoziroq bog’laning!
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
