Call center sotuv menejeri
Job Details
Biz — Mascan Travel. Toshkentda 3 ta filial va franshiza tarmog'iga ega turagentlik. Har oy yuzlab mijozni sayohatga jo'natamiz va hozir filiallarimizga mijoz yetkazib beradigan yangi call center jamoasini yig'yapmiz.
Sizga TAYYOR mijozlar keladi: saytdan, Instagram'dan, kiruvchi qo'ng'iroqlardan. Vazifangiz — mijoz bilan gaplashib, sayohat rejasini aniqlash va uni eng yaqin ofisimizga uchrashuvga yozish. Sotuvni ofisdagi menejer yopadi — siz har bir kelgan mijoz uchun pul olasiz.
Maosh tafsiloti
- 5 000 000 — 10 000 000+ so'm/oy (fix + KPI, yuqori chegara yo'q)
- Tushlik kompaniya hisobidan
Ish vaqti
- 09:00–19:00
- Format: Toshkent, ofisda, to'liq bandlik
Imtiyozlar
- 7 kunlik professional o'qitish — "Sotuv 2.0" platformasi + turagentlik bilimlari
- Faqat issiq kiruvchi leadlar, sovuq baza yo'q
- Tayyor infratuzilma: CRM, skriptlar, kunlik razborlar
- Har kuni trening va mentor bilan ishlash
- Turizm — umr bo'yi daromad keltiradigan kasb, sohani ichidan o'rganasiz
- Karyera: call center → ofis menejeri → filial rahbari
Talablar
- 18–30 yosh, Toshkentda yashash
- Aniq, ravon gapirish va odamlar bilan muloqotni yoqtirish
- Sotuv tajribasi — afzallik, lekin SHART EMAS: eng yaxshi nomzodlarni noldan o'qitamiz
- O'rganishga tayyorlik va 7 kunlik treningdan o'tish
Eslatma
Vakansiya 8-sentabrgacha ochiq!
Above market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

