Call-center operatori (sotuv operatori)
Below market
- Uzbek
Job Details
«Shodiyona» un markazi kuchli sotuv jamoasini shakllantirmoqda! Farg‘ona vodiysida un va oziq-ovqat distribyutsiyasi bo‘yicha yetakchi kompaniyamiz o‘z saflarini shijoatli va natijaga ishlaydigan mutaxassislar bilan kengaytirmoqda! Sotuv sohasida barqaror daromad topish va muvaffaqiyatli karyera qurishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif etamiz: CALL-CENTER OPERATORI (SOTUV OPERATORI).
Vazifalar
- Kuniga 50 dan ortiq kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda lidlarni qayta ishlash
- Mijozlar ehtiyojini aniqlash, mahsulotlarni tavsiya qilish va sotuvni yopish
- amoCRM tizimida mijozlar bazasi va buyurtmalar tarixini aniq yuritish
- Amaldagi mijozlar bilan aloqani ushlab turish hamda to‘lovlar va qarzdorlikni nazorat qilish
Talablar
- Sotuv sohasida kamida 6–12 oy tajriba
- amoCRM, kompyuter dasturlaridan foydalana olish ko‘nikmasi
- O‘zbek tilida mukammal va ravon muloqot qilish
- E’tirozlar bilan ishlay olish, mas’uliyat va intizom
- Nomzodlar: 20 yoshdan 40 yoshgacha
Imtiyozlar
- Korxona hisobidan bepul issiq tushlik
- Korxona tomonidan 1 oylik o‘qituv va qo‘llab-quvvatlash (ushbu davr mobaynida oylik maosh to‘lanadi)
- Zamonaviy va barcha zaruriy texnika bilan ta’minlangan ish o‘rni
Maosh tafsiloti
- O‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh: 4 000 000 so‘m (fiks) + KPI
Ish vaqti
- Ish grafigi: 6/1 (07:00–16:00 / 08:00–17:00)
Eslatma
Arizalar 20-oktyabrgacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan shoshiling!
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

