Bosh konditer-pekar

Bosh konditer-pekar

Format:Full-time
Work mode:On-site
Gender:Any

Job Details

BOSH KONDITER-PEKAR ISHGA TAKLIF QILAMIZ! Professional oshxona jamoasiga tajribali BOSH KONDITER-PEKAR qidiryapmiz. Agar siz o‘z ishingizni yaxshi bilsangiz, mahsulot sifatini nazorat qila olsangiz va yangi ishlab chiqarish tizimida ishlashga tayyor bo‘lsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.

Vazifalar

  • Konditer va pekar mahsulotlarini texnologiya asosida tayyorlash
  • Mahsulotlarning retsepti va gramajini aniq saqlash
  • Xamir va boshqa mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasini bilish
  • Pishirish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish
  • Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish
  • Mahsulotlarning tashqi ko‘rinishi va ta’mini bir xil standartda ushlab turish
  • Xomashyo sarfini nazorat qilish
  • Ish joyida tozalik va sanitariya talablariga rioya qilish
  • Yangi mahsulotlar va retseptlar ishlab chiqishda ishtirok etish
  • Zarur bo‘lsa, yordamchi xodimlarga ishni o‘rgatish

Talablar

  • Konditer-pekarlik bo‘yicha kamida 2–3 yil tajriba
  • O‘z sohasini yaxshi bilishi
  • Xamir mahsulotlari bilan ishlashni mukammal bilishi
  • Tez va sifatli ishlay olishi
  • Mas’uliyatli va intizomli bo‘lishi
  • Retsept va texnologiyani o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmasligi
  • Jamoa bilan ishlay olishi
  • Ishga vaqtida kelishi va tartib-intizomga rioya qilishi

Imtiyozlar

  • Ustunlik beriladi: katta oshxona, restoran, kafe yoki ishlab chiqarish sexida ishlagan bo‘lsa
  • Mahsulot tannarxini hisoblashni bilsa
  • Texnologik karta bilan ishlay olsa
  • Yangi mahsulotlar yaratish tajribasi bo‘lsa
  • Jamoani boshqara olsa

Maosh tafsiloti

  • Malakasiga qarab
  • Yaxshi mutaxassis uchun maosh kelishiladi

Ish vaqti

  • Ish grafigi suhbat vaqti tushuntiriladi

Eslatma

  • Bizga shunchaki ish qidirayotgan odam emas, o‘z kasbini biladigan, mahsulot sifati va natijasiga javob bera oladigan professional mutaxassis kerak
  • Murojaat qilganda: 1. Ismingiz; 2. Yoshingiz; 3. Necha yil tajribangiz borligi; 4. Qayerlarda ishlaganingiz; 5. Qaysi mahsulotlarni tayyorlay olishingiz; 6. Oldingi ishlaringiz rasmlarini yuboring

Typical pay for this role

2.8Mminimum
5Maverage
9.6+Mmaximum
ID 82744

Stay cautious

If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

Similar jobs in Tashkent