Birja savdolari bo'yicha mutaxassis (broker)
Below market
Me’mor Muhandis Dizayn MChJ
from 2 500 000 UZS
Job Details
ISHGA TAKLIF QILAMIZ! Kompaniya: “Me’mor Muhandis Dizayn” MChJ. Xavfsizlik, Yong’in xavfsizligi hamda tovar-xomashyo birjasida savdo faoliyati.
Lavozim: Birja savdolari / tovar-xomashyo savdolari bo’yicha mutaxassis (broker, sotuvchi). Bo’sh o’rinlar soni: 2 nafar.
Talablar
- Yoshi: 18 yoshdan 35 yoshgacha
- Jinsi va millatidan qat’i nazar
- Ushbu soha bo’yicha tajriba yoki ma’lumotga ega bo’lish
- Doimiy va uzoq muddatli ishlashga tayyorlik (vaqtinchalik ish izlayotganlar bezovta qilmasin)
- Mas’uliyatli, intizomli, o’rganishga va rivojlanishga intiluvchan bo’lish
- Oilali nomzodlar afzal
- Hudud: Faqat Farg’ona shahri, Marg’ilon shahri, Toshloq tumani va Qo’shtepa tumanidan qatnab ishlay oladigan nomzodlar ko’rib chiqiladi
Maosh tafsiloti
- 2 500 000 so’mdan boshlab
- Ish hajmi va mutaxassis malakasiga qarab oshiriladi
- Malaka va natijaga qarab maosh oshib boradi
Ish vaqti
- Dushanbadan shanbagacha
- Shanba – qisqartirilgan ish kuni
Imtiyozlar
- Ishni o’rgatish va malaka oshirish imkoniyati
- Tushlik korxona tomonidan beriladi
- Shaxsiy transportga ega bo’lganlarga transport xarajatlari qoplanadi
Eslatma
Kompaniyamiz yangi xodimlarni ishga o’rgatish va malakasini oshirishga vaqt va kuch sarflaydi. Shuning uchun bizga qisqa muddat ishlab ketadigan emas, balki jamoamiz bilan birga uzoq yillar ishlashni, o’sishni va yuqori natijalarga erishishni istaydigan, ishga chinakam qiziqqan xodimlar kerak.
Telegram orqali anketangiz yoki portfoliongizni yuboring. Tanishib chiqib, o’zimiz qo’ng’iroq qilamiz. Iltimos, faqat ish vaqtida murojaat qiling.
Below market
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.

