B2B savdo menejeri
Job Details
FORTEX B2B savdo menejerini ishga taklif qiladi. Ish joyi: Andijon va Farg‘ona shaharlari. FORTEK — O‘zbekistonda laboratoriya, analitik va tibbiy uskunalar yetkazib beruvchi kompaniya. Biz tibbiyot muassasalari, laboratoriyalar, universitetlar, ilmiy tashkilotlar va sanoat korxonalari bilan ishlaymiz. Mijozlar bilan muloqot qila oladigan, ishonchli munosabat o‘rnata oladigan va muzokaralarni natijaga olib bora oladigan faol menejer izlayapmiz.
Vazifalar
- Korporativ mijozlarni izlash va jalb qilish
- Qo‘ng‘iroqlar, uchrashuvlar va taqdimotlar o‘tkazish
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va mos yechimlarni taklif qilish
- Tijorat takliflarini tayyorlash
- Mijozlarni kelishuvning barcha bosqichlarida kuzatib borish
- CRM bilan ishlash va savdo rejasini bajarish
Talablar
- Rus va o‘zbek tillarini bilish
- Savodli nutq va muzokara olib borish ko‘nikmalari
- Kompyuter va MS Office dasturlaridan ishonchli foydalanish
- Mas’uliyatlilik va natijaga yo‘naltirilganlik
- Mijozlar bilan uchrashuvlar va xizmat safarlariga tayyor bo‘lish
Imtiyozlar
- Rasmiy ishga joylashish
- Ish grafigi: 5/2, soat 09:00 dan 18:00 gacha
- Belgilangan maosh + KPI + bonuslar
- Mahsulot va B2B savdosi bo‘yicha o‘qitish
- Ish boshlash davrida mentor yordami
- Kasbiy va karyera o‘sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Maosh suhbat davomida muhokama qilinadi
Eslatma
Agar sizga B2B savdosi va jiddiy mijozlar bilan ishlash qiziq bo‘lsa — siz bilan tanishishdan mamnun bo‘lamiz!
Typical pay for this role
Stay cautious
If you are asked to send SMS codes, install something, transfer money, or do anything else related to money — do not agree: these are signs of fraud. We strive to verify employers' information, but we are not responsible for its accuracy.
