
STROYKENT
STROYKENT — barqaror daromad topish va professional rivojlanish uchun kuchli jamoa. Biz Qashqadaryo qurilish materiallari bozorida 22 yildan ortiq faoliyat yuritamiz. Kompaniyaning ikkita filiali va ko‘plab doimiy mijozlari mavjud. Bugun biz savdo sohasida rivojlanish va uzoq muddatli karyera qurishni istagan intiluvchan xodimlarni jamoamizga taklif qilamiz. Biz nimalarni taklif qilamiz: * bozor darajasidan yuqori maosh; * aniq KPI va natijaga bog‘langan bonuslar; * rasmiy ishga joylashish; * 14 dan ortiq imtiyozdan iborat ijtimoiy paket; * bepul ovqatlanish va har oylik oziq-ovqat vaucherlari; * haq to‘lanadigan mehnat ta’tili, kasallik ta’tili va dekret to‘lovlari; * kompaniya natijalariga ko‘ra yillik bonuslar; * korporativ treninglar va rivojlanish imkoniyatlari; * xodimlar uchun moliyaviy qarz va moddiy yordam.
