
Onless
1 ochiq vakansiya
Kompaniya haqida
Onless — yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish va haydovchilik imtihoniga tayyorlanish platformasi. Uni dastlab o‘zimizning Ravon avtomaktablarimiz o‘quvchilari uchun yaratganmiz. Har bir testda ekspertning sodda tushuntirishi va audiotahlil bor: foydalanuvchi savolga tegishli qoida, yo‘l belgisi va javob mantiqini mashq davomida o‘rganadi. Bugun Onless O‘zbekistonning barcha 14 hududida web, Android, Telegram va desktop orqali to‘rt tilda ishlaydi. Maqsadimiz — qoidalarni tushunarli o‘rgatish va yo‘lda xavfsiz harakatlanishga yordam berish. Onless’ni OPENSOFT MCHJ rivojlantiradi.
