Zavod ishchisi (konditsioner ishlab chiqarish)
Bozordan past maosh
Ish tafsilotlari
MIDEA YANGI ISH O‘RINLARI! KONDİTSIONER ISHLAB CHIQARISH ZAVODIGA XODIMLAR TAKLIF QILAMIZ! Yangi va rivojlanayotgan zavod jamoasiga qo‘shiling! Hozirda zavodimizda ishlab chiqarish yo‘nalishida ko‘plab ish o‘rinlari mavjud. Eng muhimi — biz xodimlarimizni rivojlantirish va ichki o‘sish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Kelajakda yangi bo‘limlar va rahbarlik lavozimlari ochilganda, avvalo o‘zimizning mas’uliyatli va yaxshi natija ko‘rsatayotgan xodimlarimizni ko‘rib chiqamiz.
Maosh tafsiloti
- Sinov muddatida: 2 500 000 so‘m
- Sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tgach: 3 000 000 so‘mdan boshlab
- Yaxshi natija va samarali mehnat uchun qo‘shimcha bonus va mukofotlar mavjud
Imtiyozlar
- Bepul, mazali va to‘yimli tushlik — kompaniya hisobidan
- Qulay va tartibli mehnat sharoitlari
- Sinov muddatidan so‘ng rasmiy ishga joylashish
- Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati
- Yaxshi ishlagan xodimlar uchun bonus va rag‘batlantirishlar
- Yangi rivojlanayotgan zavodda barqaror ish va kelajak uchun imkoniyat
Talablar
- 35 yoshgacha bo‘lgan erkaklar
- Mas’uliyatli va intizomli
- Vaqtga rioya qiladigan
- Ishiga halol va jiddiy munosabatda bo‘ladigan
- Jamoada ishlay oladigan
Ish vaqti
- Ish grafigi: 6/1, 08:00–18:00
- Har kuni 08:00 – 18:00
Manzil
- Sirdaryo, GAI posti yonida
- Hudud: Sirdaryo
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

